Telegramʼdagi Davletovuz kanali asosçisi Qobil Xidirov uşbu qarorni amalga tatbiq etişdan avval, uning ortidagi siyosiy oqibatlar haqida öylab körişni tavsiya qildi.

Bakiroo kanali asosçisi Otabek Bakirovning aytişiça, uşbu qaror iqtisodiy inqiroz davrida göyo 500 milliard sömni tejab qoliş bilan 1 trillion sömni yöqotişga tengligini bildirdi.

“Negadir Xalqaro valuta jamğarmasi qayerda va nima tavsiya bersa, bular rivojlanayotgan yo özini tutib olmagan davlatlarga qaratiladi. Oqibatda bu tavsiyalar ziyon keltiruvçi bölib çiqadi. Nimagadir, XVJ Yevropa davlatlariga bunday (davlat budjetidan maoş oluvçilarning haqini kamaytiriş — tahr.) tavsiya berayotgani yöq. Qaytanga ularga talabni qöllab-quvvatlaş, aholini pul bilan ta'minlaş böyiça tavsiyasini beryapti. Bizga esa ğirt teskarisi: maoşlarni qisqartiriş haqida gapirmoqda.

Tasavvur qilaylik, tavsiyani töğri deb qabul qildik. Maoş kamaygandan keyin öz-özidan tovar va xizmatlarga talab kamayadi. Şu tufayli biznes ham öz faoliyatini kamaytirişga majbur böladi. Mahsulot işlab çiqariş kamaysa, işçi örni ham qisqaradi. Bu zanjir davom etsa, iqtisodiyotga köproq ziyon yetadi-ku“, — deydi u.

Bakirov maoşlarning pasaytirilişi mikro doiradagi iqtisodiy muammolarga ham sabab bölişi mumkinligidan ogohlantirdi.

“Masalan, soliqçilarni xalq boqib oladi, deya ijtimoiy tarmoqlarda muhokama böldi. Men bunday öylamayman. Ularning köpçiligi yollanma işçi hisoblanadi. Ularning mutlaq köpçiligi kimningdir qöliga qaraş yo tamagirlik bilan faoliyatini taşkil etgan, deb hisoblamayman. Yillar davomida xarajatlar normasi bor. Bu kreditlar, ta'lim bilan boğliq tölovlar. Agar maoşlar tuşirilsa, ularning turmuş darajasi minimal xarajatlarni qoplaş darajasidan ham pasayib ketadi-ku“, — deydi Bakirov.

Maoşlarni kamaytiriş haqida birinçi marta Boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorov Kun.uzʼga bergan intervyusida gapirib bergandi. Şundan söng, davlat rahbari tomonidan imzolangan qarorda davlat budjeti sarf va xarajatlarini mö'tadil kamaytiriş vazifasi qöyildi.