«Yirik soliq tölovçilar toifasiga kiruvçi korxonalarning uzluksiz faoliyat yuritişi uçun maqbul şaroitlar yaratiş maqsadida uşbu korxonalarga tegişli xizmat avtomobillari va bu yerda işlovçi xodimlarning şaxsiy maşinalari uçun maxsus QR-kodli ruxsatnomalar berişni yölga qöydik. Uşbu hujjatni oliş uçun qayergadir boriş şart emas. Buning uçun yirik korxonalar soliq tölovçining şaxsiy kabineti orqali elektron soliq xizmatlari portalida maxsus anketani töldirib ariza beriş mumkin. Ya'ni barçasi onlayn tarzda amalga oşiriladi. Ariza yuborilgan kundan boşlab bir iş kuni içida şakllantiriladi.

Maxsus ruxsatnomani printer orqali çiqarib oliş kifoya. Uni soxtalaştirişning imkoni yöq. Maxsus QR-kod orqali buni tezda aniqlaş mumkin. Masalaning bu tomoni ham inobatga olingan », deydi Abdulla Azizov.

Qömita rasmiysining aytişiça, yirik soliq tölovçilar uçun çeksiz miqdorda ruxsatnoma berilmaydi. Hududlararo inspeksiya tomonidan bu borada kvota belgilangan bölib, ana şu kvota doirasida maxsus ruxsatnomalar ajratiladi.

«Bugungi kunda respublika böyiça yirik soliq tölovçilar soni 790tani taşkil etadi. Qömitamizning ular bilan işlovçi hududlararo inspeksiyasi tomonida har bir yirik korxona uçun kvota belgilangan. Masalan, ba'zi bir korxonalarga 10ta, boşqa biriga 30ta, kimgadir 5ta avtomobil uçun maxsus ruxsatnomalar beriladi. Kvotalar miqdori korxonadagi xodimlar soni, bu avtomobillar korxona faoliyati uçun qançalik kerakligi kabi omillarga qarab belgilanadi.

Yirik soliq tölovçilar soliq tölovçining şaxsiy kabineti orqali elektron soliq xizmatlari portalida maxsus anketani töldiriş jarayonida neçta maşinaga ruxsatnoma kerakligini röyxat körinişida maşinalarning raqamlarigaça körsatib ötişadi. Keyinçalik bir oy davomida uşbu röyxatga özgartiriş kiritib yoki qaysidir maşinani öçirib, örniga boşqasini tiqiştirib bölmaydi. Ruxsat beruvçi stiker 30 kun mobaynida amal qiladi. Uşbu muddat ötganidan söng qayta ariza beriş jarayonida boşqa avtomobillar uçun ruxsatnoma söraş mumkin böladi», deydi Abdulla Azizov.

Uning sözlariga köra, korxonalar istalgan vaqtda qöşimça kvota sörab murojaat qilişi mumkin.

«Stikerlar berilgan korxonalarning xizmat avtomobillari va u yerda işlovçilarning şaxsiy transport vositalari uçun beriladi. Ruxsatnoma berilgan maşinalardan faqat xizmat maqsadida va belgilangan yönaliş böyiça foydalanişga ruxsat etiladi. Deylik, u avtomobildan şaxsiy maqsadlarda foydalansa, ya'ni unga taqdim etilgan işonçni suiiste'mol qilsa, bugun barça aholi punktlari va serqatnov köçalarda joriy etilgan vaqtinçalik tösiq postlarda navbatçilikda turgan YPX xodimlari tomonidan töxtatilişi va haydovçi belgilangan yönaliş böyiça harakatlanmayotgani aniqlansa, ruxsatnoma bekor bölişi ham mumkin.