Özbekistonda Respublika maxsus komissiyasining 6 maydagi yiğilişi bayoniga muvofiq koronavirus tarqalişi holatining hududlar kesimidagi tahlilidan kelib çiqib, karantin çeklovlari joriy yil 8 mayidan boşlab uçta toifaga kiruvçi hududlarga ajratilib, bosqiçma-bosqiç bekor qilib boriladi.

Unga köra, birinçi – «qizil» toifadagi hudud – sönggi 14 kun içida koronavirus infeksiyasiga çalingan şaxslar aniqlangan hududlar - Qoraqalpoğiston Respublikasi, Andijon, Namangan, Farğona, Samarqand, Toşkent, Buxoro va Sirdaryo viloyatlari. Bunda «qizil» hududda mavjud karantin çeklovlari saqlab qolinadi hamda vaziyatga qarab qayta körib çiqiladi.

Ikkinçi – «sariq» toifadagi hudud – sönggi 14 kun davomida koronavirus infeksiyasiga çalinganlar aniqlanmagan, biroq uşbu kasallikka çalingan va davolanayotgan bemorlar mavjud bölgan hududlar - Surxondaryo, Xorazm viloyatlari, Toşkent şahri. «Sariq» hududlarda ayrim çeklovlar saqlab qolinadi.

Uçinçi – «yaşil» toifadagi hudud – koronavirus infeksiyasiga çalingan şaxslar aniqlanmagan yoki aniqlangan şaxslar töliq soğaygan) hududlar - Navoiy, Jizzax va Qaşqadaryo viloyatlari.