Quyida Özbekistonda 15 mart kuni koronavirusdan zararlaniş bilan boğliq ilk holat aniqlangaç, joriy etilişi boşlangan karantin çoralari xronologiyasi va sönggi e'lon qilingan karantin çoralari keltiriladi.

Özbekistonda 23 mart kunidan qat'iy karantin çoralari joriy etilgandi. Öşanda Respublika maxsus komissiyasi qaroriga köra, töy ötkaziş taqiqlangan, umumiy ovqatlaniş joylari yopilgan, xorijga çiqiş töxtatilgan, muassasalar xodimlari masofadan turib işlaşga ötgan, jamoat joylarida tibbiy niqobda yuriş majburiy bölgandi. Bu çoralar 20 aprelga qadar etib belgilangandi.

Köp ötmay şaharlararo transport harakati töxtatildi, özini yakkalaş tartibi joriy etildi, şaxsiy transportda maxsus ruxsatnomasiz harakatlaniş taqiqlandi.

18 aprel kuni esa maxsus komissiya qarori bilan 20 aprelgaça davom etişi belgilangan karantin çeklovlari 10 mayga qadar uzaytirildi. 

Özbekistonda sönggi haftalarda epidemiologik vaziyat yaxşilana boşladi, 21 apreldan boşlab kunlik kasallanişlar soni tuzalganlar sonidan kam böldi.

29 aprel va 5 may kunlari Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan videoselektor yiğilişlarida koronavirus bilan boğliq vaziyat ijobiy tomonga özgarib borişi bilan karantin talablarini bosqiçma-bosqiç yumşatiş zarurligi ta'kidlandi.

Şu tariqa, Özbekistonda karantin böyiça yangi tizim joriy etiladigan böldi. Unga köra, Özbekistonda karantin çoralari yumşatiladigan hududlarni belgilaş aniq mezonlar asosida baholanib, tumanlar va şaharlar «qizil» (yuqori xavfli), «sariq» (örta xavfli) va «yaşil» (xavfsiz) hududlarga ajratildi.

Respublika maxsus komissiyasining 6 maydagi yiğilişi bayoniga muvofiq, koronavirus tarqalişi holatining hududlar kesimidagi tahlilidan kelib çiqib, 8 maydan viloyatlar uçta toifaga ajratildi.