Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumanidagi «Uluğbek» mahalla fuqarolar yiğini hududida koronavirus bilan kasallanganlar hamda ular bilan muloqotda bölgan fuqarolar soni keskin oşib borayotganligi sababli mazkur mahalla hududida karantin çoralari kuçaytirildi. Bu haqda Mirzo Uluğbek tumani hokimligi ma'lum qildi.

Mazkur mahalla hududidagi barça kiriş va çiqiş yöllarida blokpostlar taşkil etilgan holda töliq yopilgan. Uşbu hududda tun-u kun navbatçilik taşkil etilib, qat'iy nazorat örnatilgan.

Mahalla fuqarolariga faqatgina zarur hollarda bir oiladan bir kişiga dori vositalari, zarur oziq-ovqat mahsulotlari xaridi uçun köçaga çiqişiga ruxsat beriladi.

Hokimlikning ma'lum qilişiça, mahalla hududida aholi talabidan kelib çiqqan holda arzonlaştirilgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi taşkil etiladi.

«Hurmatli fuqarolar! Uşbu karantin qoidalariga rioya etişingizni sörab qolamiz va bu orqali özingiz va oila a'zolaringizni salomatligini asragan bölasiz!», deyiladi hokimlik xabarida.

Eslatib ötamiz, 8 maydan Özbekistonda viloyatlar koronavirus xavfi darajasiga qarab «qizil», «sariq» va «yaşil» hududlarga ajratilgan. 11 maydan esa koronavirus infeksiyasi tarqaliş holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolaniş (soğayiş) dinamikasi holatidan kelib çiqqan holda mamlakat hududlari tuman va şaharlar darajasida toifalarga ajratiladigan böldi.

Toşkent şahridagi barça tumanlar «sariq» hudud sifatida belgilangan.