Toşqin kuzatilayotgan Midlend okrugida favqulodda holat e'lon qilingan.

CNN telekanali xabariga köra, 10 mingdan ortiq kişi şoşilinç evakuatsiya qilingan, 3500dan ortiq xonadon suv ostida qolgan.

Rasmiylar jarohat olganlar yoki qurbonlar haqida hozirça ma'lumot kelib tuşmaganini aytmoqda.

Edenvill dambasi
Foto: Ryan Kaleto via REUTERS

Michigan ştati gubernatori Gretxen Uitmerning sözlariga köra, sönggi kunlarda hududda kuzatilayotgan kuçli yomğir oqibatida Tittabavassi daryosi özanining kötarilişiga Edenvill va Senford dambalari doş bera olmagan.

«Kelgusi 12-15 soat içida Midlend şahrini taxminan 9 fut (2,7 metr – tahr.) balandlikda suv bosişi mumkin. Biz ştat uçun tarixiy kölamdagi yirik toşqin röy berişini taxmin qilyapmiz», – degan gubernator ofatdan söng bir neça soat içida taşkil etilgan matbuot anjumanida.

Senford dambasi
Foto: TC VORTEX  via REUTERS

  Ştat rahbari Tittabavassi daryosining ham şarqiy, ham ğarbiy qismlarida yaşovçi aholini iloji boriça yuqoriroq hududlarga köçib ötişga undagan.

«Iltimos, ikkilanib ötirmang. Ştatning boşqa hududida yaşaydigan qarindoşingiz yoki boşqa yaqinlaringiz bölsa, hoziroq öşa yerga yöl oling. Agar bunday yaqinlaringiz bölmasa, okrug böylab taşkil etilayotgan boşpana manzilgohlariga köçib öting», – degan Gretxen Uitmer.

Evakuatsiya işlariga Milliy gvardiya xizmatçilari jalb etilgan. Vaqtinçalik boşpanalarga joylaştirilganlardan tibbiy niqobni yeçmaslik söralmoqda.

Reuters agentligining xabar berişiça, sönggi kunlardagi kuçli yoğingarçilik sababli Michigan ştatidagi Tittabavassi va Rayfl daryolari AQŞ Milliy ob-havo xizmati tomonidan «toşqin xavfi yuqori» deya toifalangan bölgan.