Pandemiya natijasidagi karantin va iqtisodiy inqiroz, Sardoba fojiasi, Buxorodagi tabiiy ofat... Bu voqealar zanjiri Özbekiston oldida ançadan beri köndalang turgan masala – ijtimoiy himoya tizimini samarali taşkil etiş muhimligini yana bir karra körsatib berdi.
Yolğiz keksalar, boquvçisini yöqotgan kambağal oilalar, yolğiz onalar, köp bolalari oilalar, nogironligi bölgan şaxslar ijtimoiy himoyaga da'vogar qatlam hisoblanadi.
Kun.uz muxbiri Özbekistonda ijtimoiy himoya tizimini favqulodda va umumiy holatda qanday taşkil etiş kerakligi, bu borada qanday xatolarga yöl qöyilayotgani xususida ekspertlar fikri bilan qiziqdi.
«Ijtimoiy himoya xayriyaga emas, inson huquqlariga asoslanişi kerak»
Dilmurod Yusupov, Buyuk Britaniyaning Sasseks universiteti qoşidagi Taraqqiyot tadqiqotlari instituti doktoranti:
– Özbekistonda karantin rejimi joriy qilinişidan avval ham ijtimoiy himoya tizimi talabga javob bermasdi. Nogironlik nafaqasi, bolalikdan nogironlik nafaqasi 400 ming söm atrofida. Bu esa yaşaş xarajatlarini qoplamaydi. Respublikada iste'mol savatçasi, yaşaş minimumi tuşunçalari hali töliq şakllanmagani tufayli ijtimoiy nafaqalar yaşaş xarajatlariga mos kelmaydi.
Nogironlik nafaqasini oluvçilar mustaqil yaşay olmaydi, berilayotgan pul dori-darmonning öziga zörğa yetişi mumkin. Şuning uçun ular oila a'zolarining yordamiga tayanadi. Ammo karantin davrida köpçilik öz hisobidan ta'tilga çiqişga majbur böldi, bu ularning oilalari daromadiga ikki hissa ta'sir qilmay qolmaydi.
Nogironligi bölgan şaxslar bilan işlaş Soğliqni saqlaş vazirligi qoşidagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi böynida. Nogironlik nafaqasini tayinlovçi tibbiy mehnat ekspertiza komissiyalari ham ularning qoşida. Ammo karantin davrida nogironligi bölgan insonlar TMEKdan qay tartibda qayta ötişi mumkinligi, nogironlik muddatini uzaytiriş şartlari aytilmadi. Reabilitatsiya vositalari (aravaça, eşitiş moslamalari kabilar) qanday yetkazilişi haqida ma'lumot berilmadi.
Pandemiya davrida nogironligi bölgan, röyxatdan ötgan şaxslarga doimiy oladigan nafaqasidan taşqari şu miqdorda qöşimça bir martalik tölovni qöşib berişni taklif qilgandim. Boşqa davlatlarda ijtimoiy nafaqalar karantin davrida oşirib berildi. Lekin bunday yordam Özbekistonda joriy qilinmadi.
Ijtimoiy ta'minotga muhtoj aholiga yordam körsatişda köngilli guruhlar – nodavlat-notijorat taşkilotlari, jamoat birlaşmalarining iştiroki bölişi kerak. Ular egiluvçan bölib, faoliyatini vaziyatga davlatdan köra tezroq moslaştira oladi.
Mavzuga oid
Yordamni taşkil qilişda nogironlar birlaşmalari bilan hamkorlik yölga qöyilişi kerak edi. Misol uçun, köz ojizlar jamiyati közi ojizlarga yordam qay şaklda berilişi kerakligini davlat idorasidan köra yaxşiroq biladi.
Ammo Özbekiston boşqaça yöldan bordi. Köngilli guruhlar yordam körsatişida noxuş holatlar bölayotgani aytilib, ularning faoliyati taqiqlandi. Yagona muvofiqlaştiruvçi markaz tuzildi. Şu orqali yordam berişi taşkil etildi. Işonç telefoniga tuşa olsangiz, yordam keladi. Biroq, bilişim böyiça, nogironligi bölgan odamlarning aksariyati bu raqam bilan boğlana olişmagan. Qönğiroqlar juda köp bölgani uçun tezda yordam bera olişmadi.
Odamlarning muammosidan kelib çiqib, unga unikal yordam işlab çiqiş uçun vaqt, kuç ketadi. Yordamlarinng barçasini bitta markaz orqali muvofiqlaştirmasdan, köngilli guruhlar bilan ijtimoiy hamkorlikni yölga qöyiş kerak edi.
Bu holatlar hukumatga ijtimoiy himoya tizimini yangidan quriş uçun turtki bölişi kerak. Muvofiqlaştiruvçi markaz faoliyatidan ham bilindiki, ehtiyojmandlarning yagona aniq röyxati işlab çiqilmagan. Ma'lumotlar bazasi yagona bölişi va u yangilanib turişi kerak. Mahallalarning qölda yuritadigan röyxatlari talabga javob bermaydi. Ijtimoiy himoyaga muhtojlarning barçasi ham bu röyxatlarga kiritilmagan.
Takliflar:
– Ijtimoiy himoya masalasiga javobgar yagona organ yöq. Bu funksiya har xil idoralar orasida taqsimlanib ketgan. Soğliqni saqlaş vazirligi nogironligi bölgan insonlarga, «Muruvvat» va «Saxovat» uylariga qaraydi. Xalq ta'limi vazirligi maxsus maktab internatlari, mehribonlik uylariga javobgar. Mehnat vazirligi nogironligi bölganlarni mehnatga yönaltiriş bilan şuğullanadi. Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi nogironlik nafaqalari bilan işlaydi.
Ijtimoiy himoya böyiça yagona mas'ul organ taşkil qilinişi va tizim bilan boğliq barça vakolatlar unga berilişi kerak. Mazkur organda ijtimoiy iş bölimi taşkil etilişi, ijtimoiy xodimlar tayyorlaş masalasi ham körilişi darkor.
– Tibbiy mehnat ekspertizasi komissiyalari faoliyati töliq isloh qilinişi kerak.
– Ijtimoiy nafaqalar yaşaş xarajatlariga moslaştirilişi, buning uçun iste'mol savatçasi, yaşaş minimumi qonuniy tasdiqlanişi kerak. Nafaqa miqdori yaşaşning bazaviy ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda hisoblab çiqilişi lozim.
– Nogironlikning tibbiy modelidan ijtimoiy modelga ötiş lozim, ya'ni ijtimoiy himoya xayriyaga emas, inson huquqlariga asoslanişi kerak.
– Davlat «Nogironlar huquqlari töğrisidagi konvensiya»ni ratifikatsiya qilişi kerak.
Ma'lumot uçun, BMT 2006 yilda qabul qilgan «Nogironlar huquqlari töğrisida»gi Konvensiyani MDH davlatlari orasida faqatgina Özbekiston va Tojikiston ratifikatsiya qilmagan.
«Xayriya tadbirlarini yagona aksiyaga birlaştiriş şaffoflik talablariga javob bermaydi»
Aziza Umarova, davlat boşqaruvini modernizatsiyalaş böyiça mutaxassis, SmartGov.consulting ijroçi direktori:
– Pandemiya natijasidagi karantinda ham, Sardoba fojiasida ham Özbekistonda ijtimoiy himoya jarayoni bir xil ssenariy asosida keçdi – davlat mustaqil xayriya taşkilotlarining faoliyatini çeklab qöydi, odamlarga voqea joyida bölib, yordam körsatişga ruxsat bermadi. Buning örniga xayriya harakatlarining barçasi bir tom ostida jamlandi. Bunday tizim şaffoflik talablariga javob bermaydi. Mablağlar qayerga va nima maqsadda sarflanayotgani haqida heç kim batafsil bila olmaydi.
Bunday tizimning şaffof işlamasligini körsatuvçi birinçi signallar allaqaçon berilmoqda. Pandemiya davrida aholini qöllab-quvvatlaş uçun taşkil etilgan jamğarma mablağlari Oqqörğon tuman hokim örinbosari tomonidan talon-toroj qilingani haqidagi xabar ham buni tasdiqlaydi.
Bunday holat boşqa hududlarda ham kuzatilayotgan bölişi mumkin, qança mablağlar öğirlanayotganini bilmaymiz hatto. Bunday salbiy holat vaqt ötişi bilan Sardobaga yordam körsatiş jarayonida ham kuzatilişi mumkinligini heç kim istisno etmaydi.
Köngillilarning xayriya, yordam harakatlarini bir joyda jamlaşning örniga davlat budjeti hisobidan kömak tizimi moliyalaştirilişi kerak. Davlat kuçi yetmagan örinlardagina fuqarolik jamiyatidan yordam olişi, jamoat taşkilotlari, köngillilarni jalb qilişi, ularga manzilli yordam körsatişlari uçun imkon berişi lozim. Har holda, köngillilar heç qaçon yordam uçun yuborilgan narsalarni yomğir ostiga taşlab qöyişmagan bölardi, xalqning pulini çöntakka urib qoliş haqida öylaşmaydi.
Takliflar:
– Ijtimoiy himoya böyiça yagona mas'ul organ taşkil etilişi kerak. U ijtimoiy ta'minot olişi kerak bölgan fuqarolarning yagona aniq reyestriga ega bölişi darkor. Köp bolali oilalardan tortib, yolğiz keksalar, nogironlargaça – barça ma'lumotlar yagona reyestriga kiritib borilişi kerak.
Ijtimoiy ta'minot tizimining samarasiz işlaş sabablaridan biri – yordam kimga köproq kerakligi haqida mahalla ham, bironta davlat organi ham töliq ma'lumotga ega emas. Har bir davlat organi özining alohida röyxatini mustaqil yuritadi, yagona töliq tizim mavjud emas. Bunday organning yöqligi, ijtimoiy ta'minot oluvçilarning yagona reyestri mavjud emasligi 1197 işonç qönğiroğining yaxşi işlamasligiga ham sabab böldi – haqiqatan yordam muhtoj odamlar har doim ham kerakli yordamni ola bilmadi.
– Mas'ul organ mamlakatda ehtiyojmandlarga ijtimoiy xizmat körsatuvçi ijtimoiy xodimlar tizimini yaratişi kerak. Bu faqatgina pul yordami şaklida emas, inqirozli vaziyatdagi oilalarga patronaj xizmati, yolğiz keksalarni parvarişlaş, yetimlarning jamiyatga integratsiyalaşuviga yordamlaşiş, mehnat muhojirlarining oilalari bilan işlaş kabilar şaklida bölişi mumkin.
Şuningdek, ehtiyojmandlarni töliq qamrab oliş maqsadida mazkur organ xayriya jamğarmalari va nodavlat-notijorat taşkilotlari bilan hamkorlikni yölga qöyişi kerak. Fuqarolik jamiyati institutlari ehtiyojmand oilalar bilan işlaş uçun hokimiyatlardan ijtimoiy buyurtma qabul qilgan holda, davlat moliyalaştirişiga ega bölişi mumkin.
Yangi islohot ötkaza olmasak, heç bölmaganda, 2016 yilgaça mavjud bölgan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş vazirligi faoliyatini qayta tiklaş kerak. 2016 yil mart oyida vazirlikning ijtimoiy himoya vazifasi olib taşlangan, faqatgina mehnat masalalari qoldirilgandi, ammo bu funksiya boşqa mas'ul organga ham berilmadi. Modomiki, xalqaro tajriba asosida, 21-asr talablariga mos keladigan tizimni işlab çiqa olmasak, eski sovet tizimini qaytaraylik.
«Ijtimoiy ta'minot tarqatilayotgan oziq-ovqatlar körinişida emas, aynan naqd pul yordami şaklida bölişi kerak»
Dilsora Komil, jamiyatşunos, Britaniya Kolumbiyasi universiteti PhD nomzodi (Kanada):
– Davlat qonunlarida karantin davrida xalqqa yordam beriş bandi kiritilmagan bölsa, davlatning odamlarga yordam berişi şart emas ekan, degan tuşunçaning öz xato sanaladi. Çunki salomatlik bilan boğliq holat tufayli mehnatga layoqatsiz bölgan şaxslarga davlat tomonidan nogironlik nafaqalari va ma'lum bir yoşga yetgan aholiga qariyalik pensiyalari joriy qilinişi hammaga ma'lum. Bu esa şunday toifadagi şaxslarning mehnatga layoqatsizlik holati davlat tomonidan körib çiqilgani va davlat ta'minoti zarur, deb topilganining belgisidir.
Şuningdek, homiladorlik va tuğiş ta'tillarini ham, yoş bola parvarişi bilan bandlik holatlari va şu sababli işlay olmaslik kabi çeklangan imkoniyatlarni davlat tan oladi va bu toifadagilarni iqtisodiy jihatdan qöllab-quvvatlaş uçun yetarli sabab deb biladi.
Karantindagi insonlarni nogiron yoki pensiya yoşidagi, mehnat qiliş imkoniyati çeklangan insonlar bilan bir qatorga qöyiş imkonsiz emas, çunki ularning mehnat faoliyatlarini amalga oşirişga tösqinlik qiladigan içki siyosiy holat davlat tomonidan majburan örnatilgan.
Uşbu ölçovlar borligini hisobga olgan holda, aholining işga yaroqli qismiga, huddi işga yaroqsiz qatlamlari kabi tölanadigan miqdorda ijtimoiy nafaqalar bilan qöllab-quvvatlaşni joriy etilişi mantiqan töğri bölardi.
Mehnat qonunçiligiga murojaat etilganda ham, majburiy ravişda işdan böşatilgan işçilarga belgilangan muddatda, mehnat qonunlariga asosan oylik kirimlarining ma'lum bir qismini, ma'lum bir muddatda talab qilişga haqli böladilar.
Ammo, Özbekistonda mehnat qonunçiligiga asoslanib ijtimoiy yordam joriy etiş juda qiyin. Çunki aholining katta qismi davlat qonunlaridan imtiyoz oladigan rasmiy sektorda mehnat qilmaydi.
Davlat qonunlarida karantin vaqtida aholini ijtimoiy ta'minoti qonunda közda tutilmagan deydigan şaxslar, davlatlar favqulodda holatlarda mavjud qonunlardan hamda köp örganilgan siyosiy va iqtisodiy mantiqdan kelib çiqib qarorlar qabul qilişi lozimligini tuşunişlari juda muhim. Demak, siyosiy va huquqiy mantiq karantin tufayli işsiz qolgan har bir fuqaro davlat qaramoğida bölişga haqli ekanini körsatadi.
Takliflar:
– Ijtimoiy ta'minot tarqatilayotgan oziq-ovqatlar körinişida emas, aynan naqd pul yordami şaklida bölişi va oziq-ovqat ta'minoti qöşimça yordam sifatida tarqatilişi mumkin.
– Aholiga berilayotgan yordam masalasida örnatilgan tartiblar talabga javob bermaydi. Bugun Özbekiston öz fuqarolarining kundalik ehtiyojlarini qoplaş uçun iqtisodiy ta'minot masalasini qonun doirasida qayta körib çiqişi kerak.
– Ta'minot şakli va usuli qat'iy soddalaştirilişi lozim. Özbekistonning barça turdagi boyliklari va boşqa maqsadlarga möljallangan mablağlari bugun xalq ehtiyoji uçun sarflanişi zarur.