“Faoliyatimizga tegişli qonunlarga kiritilgan özgartirişlar va nizomimizga muvofiq inson huquqlariga amal qilinişini monitoring qiluvçi ekspert guruhlarimiz mamlakatda joylaşgan har qanday yopiq muassasalarga kiriş huquqiga ega. Bu yerda nafaqat qamoqxonalar, tergov izolyatorlari, hattoki ruhiy kasalliklar şifoxonalari, yopiq şifoxonalarga ham kira olamiz. Ötgan yili aynan şunday şifoxonalar faoliyati böyiça monitoring qilganmiz. Hozir yana rejalaştiryapmiz.
Ya'ni bunga vakolatimiz bor. Bu BMTning 1984 yilda qabul qilingan “Qiynoqqa soliş, muomalada böliş va jazolaşning boşqa şafqatsiz yoki ğayriinsoniy boşqa turlariga qarşi kuraşiş töğrisida”gi konvensiyasi, fakultativ protokol va milliy qonunçiligimizda ham aks etgan.
Ötgan yili yoki 2020 yilning ortda qolgan davrida Dalat xavfsizlik xizmati yopiq idoralari va muassasalarda monitoring ötkazganimiz yöq. Lekin öşa joydan bizga murojaatlar bölsa, u yerga ham bemalol monitoringga kirişimiz mumkin. Bu çeklanmagan”, deya Uluğbek Muhammadiyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
«Özbekistonda qiynoqlar oldindan bor, faqat hukumat buni tan olmasdi» – Ombudsman
Avvalroq Boş prokuror örinbosari qiynoqqa doir murojaatlarni körib çiqiş hamda qiynoq holatlariga doir işlar böyiça tergovga qadar tekşiruvni amalga oşirişning bugungi holati talabga töliq javob bermasligi, sönggi uç yilda huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan qiynaş, qörqitiş va boşqa tazyiqlar qilinganligi yuzasidan 757ta ariza kelib tuşgan bölsa, ularning 33tasi, ya'ni 4,4 foizi böyiça jinoyat işi qözğatilganini ma'lum qilgan edi. Ortiqovaga köra, qiynoq bilan boğliq jinoyatlarni sodir etişda aybdorligi isbotlanib, qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilgan şaxslarning aksariyati IIV va DXX xodimlaridir.
Qiynoqqa solingan şaxslarga yetkazilgan zarar qoplanadi – Svetlana Ortiqova
“Afsuski, tergov izolyatorlarida, vaqtinçalik hibsxonalar, jazoni ijro etiş muassasalarida qiynoqqa soliş holatlari köpayib bormoqda. 2017 yilda 7ta, 2018 yilda 10ta, 2019 yilda 16ta qiynoqqa soliş bilan boğliq jinoyat işi qözğatilgan.

















