Davlat test markazi rasmiy saytida 2020-2021 öquv yili kiriş imtihonlari uçun kutilayotgan yangi tartib haqida ma'lumot berildi.

DTM abituriyentlarning karantin çeklovlari şaroitida kiriş imtihonlariga köngildagidek tayyorgarlik köra olmaganini inobatga olib, ularni test imtihoni uçun yopiq zallarda köp uşlab qolmaslik maqsadida testlar qisqartirilişi böyiça takliflar tegişli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda işlab çiqilganini ma'lum qilmoqda.

«2020-2021-öquv yili uçun istisno tariqasida qabul test sinovlari majburiy fanlarsiz, 2ta mutaxassislik fanlaridan ötkazilişi rejalaştirilmoqda. 2ta mutaxassislik fanlari 2019 yil dekabr oyida belgilangan tartibda tasdiqlanib, jamoatçilikka e'lon qilingan edi», deyiladi xabarda.

DTM matbuot xizmati rahbari Orziqul Boboyevning qöşimça qilişiça, 2020-2021 öquv yili uçun kiriş imtihonlarida faqat 2ta majburiy fandan imtihon olinişiga oid takliflar ayni paytda Qabul komissiyasiga kiritilgan va tasdiqlanişi bilanoq abituriyentlar xabardor qilinadi. Bu istisno faqat 2020-2021 öquv yili uçun tegişli. Keyingi yillar uçun 5ta fandan imtihon oliş tartibida özgarişlar bölmaydi.

Bundan taşqari, Davlat test markazi infeksiya butunlay bartaraf etilmagan şaroitda abituriyentlarning 1000 örinlik binolarda 3-4 soat qolib ketişiga yöl qöyib bölmasligini alohida ta'kidlamoqda.

«Mazkur öquv yilida test sinovlari ötkaziladigan binolarda köpi bilan 700tagaça örin tayyorlanadi. Har bir abituriyent uçun kamida 3 kvadrat metrdan joy ajratiladi, sanitariya-gigiyena talablariga binoan, ular imtihonda niqob, qölqop bilan iştirok etişi ta'minlanadi.

Abituriyentning tana harorati ölçangaç, binoga kiritiladi. Binolar kamida 4 marta dezinfeksiya qilinadi. Bular test topşiruvçilar, guruh nazoratçilari va jarayonga jalb etilgan boşqa şaxslarning salomatligini himoyalaş maqsadida amalga oşiriladi», deyiladi DTM xabarida. 

Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev 30 aprel kuni joriy öquv yilini sifatli yakunlaş, bitiruv va kiriş imtihonlarini taşkil etiş masalalari muhokamasiga bağişlangan yiğilişda bu yil kiriş imtihonlarini soddaroq şaklda ötkaziş böyiça körsatma bergandi.