Davlat test markazi imtiyozga ega böladigan barça abituriyentlar toifalari haqida ma'lumot berdi.

Davlat mukofoti sovrindorlari

Umumiy örta va örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari bölgan öquvçilari OTMlar bakalavriatiga, bakalavriat talabalari esa magistraturaga tegişli yönaliş va ixtisoslik böyiça sinovlarsiz davlat granti asosida öqişga qabul qilinadi.

«Mard öğlon» davlat mukofoti sohiblari bölgan umumta'lim va örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining öquvçilari OTMlar bakalavriatiga, OTM talabalari yoki bakalavr darajasiga ega yoşlar esa magistraturaga tegişli yönaliş böyiça kiriş imtihonlarisiz davlat granti asosida öqişga qabul qilinadi.

«Nihol» mukofotiga sazovor bölgan yoşlar madaniyat, san'at yönalişidagi oliy va örta maxsus öquv yurtlariga imtiyozli ravişda qabul qilinadi. Lekin ansambl yoki jamoa sifatida iştirok etganlarga bunday imtiyoz berilmaydi.

Bundan taşqari, «Nihol» mukofoti sovrindorlari Madaniyat vazirligining taqdimnomasi böyiça Davlat komissiyasining qarori bilan tegişli OTMlarning mos ta'lim yönalişlariga ham tanlovdan taşqari, kiriş imtihonlarisiz (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon topşirmagan holda) davlat granti asosida öqişga qabul qilinadi.

Olis çöl tumanlari yoşlari

Prezident qarori bilan, Davlat komissiyasiga 2017/18 öquv yilidan boşlab Navoiy, Buxoro, Samarqand viloyatlaridagi OTMlarga öqişga qabul qilişda test sinovlari natijalari böyiça 68 va undan yuqori ballga ega bölgan, olis çöl tumanlarida kamida uç yildan buyon istiqomat qilayotgan abituriyentlarni davlat granti asosida imtiyozli öqişga qabul qiliş huquqi berilgan.

Bunda imtiyoz asosida talaba bölgan abituriyent keyinçalik mutaxassisligi böyiça uşbu hududlardagi budjet taşkilotlarida tegişli viloyat hokimligi va OTM örtasida tuziladigan şartnoma asosida kamida 4 yil işlab berişi zarur.

Yoş tasviriy san'at ustalari