Ma'lum bölişiça, Navoiy şahrida yaşovçi 38 yoşli erkak (X.Ş.) 2 iyulda tahlil topşirgan va unda kasallik tasdiqlangaç, şu kunning özida Navoiy viloyat bolalar yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 kasalligining oğir keçişi taşxisi qöyilgan.

«Kasallik ikki tomonlama zotiljam, nafas yetişmovçiligining 1-2-darajasi asorati bilan keçgan. Bundan taşqari, bemorda gipertoniya 3-daraja, arterial gipertenziya 2. Xavf – III, semizlikning  1-darajasi kabi hamroh kasalliklari bölgan. Bemor 2019 yildan buyon gipertoniya kasalligi bilan nazoratda turgan.

6 iyul kuni bemorning ahvoli öta oğirlaşgan hamda mutaxassislar tomonidan konsultatsiya qilinib, davolaş jarayoni tegişli mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. Ammo şunga qaramasdan bemorning ahvoli keskin oğirlaşgan.

Reanimatsiya bölimi mutaxassislari tomonidan töliq hajmda, standart asosida ötkazilgan reanimatsion çoralar samara bermagan hamda biologik ölim qayd etilgan.

Ölim sababi – ötkir yurak-qon tomir va nafas yetişmovçiligi, ötkir boş miya va öpka şişi», – deyiladi viloyat hokimligi axborotida.

Eslatib ötamiz, Navoiy viloyati hokimi Qobil Tursunov 7 iyul kuni tuşdan keyin e'lon qilingan murojaatida dastlabki ölim röy berganini ma'lum qilib, viloyat aholisini sergaklikka çaqirgan edi.

Ayni paytda Özbekistonda koronavirus qurbonlari soni 40 nafarni taşkil etmoqda.

Pandemiya davrida Toşkentda 24, Namanganda 4, Samarqandda 3, Buxoro, Surxondaryo va Jizzaxda 2tadan, Farğona, Qaşqadaryo va Navoiy viloyatlarida bittadan ölim röy berdi.

UPD: Soğliqni saqlaş vazirligi Navoiydagi ölim holatini rasman tasdiqladi.