Kun.uz suhbatlaşgan önga yaqin özbekistonlik Facebook foydalanuvçilari VPN-ilova orqali kirayotganliklarini aytişdi. Aks holda ijtimoiy tarmoqqa kirib bölmayotganidan şikoyat qilişdi.

Qolaversa, ijtimoiy tarmoqlarda yozib qoldirilayotgan köplab post va izohlar dunyodagi eng maşhur onlayn platformalardan biri Özbekistonda yana bloklangani haqida taxminlarni yuzaga keltirmoqda.

«Bu masalani Facebook egalaridan söraş maqsadga muvofiq»

AKT vazirining matbuot kotibi Şerzod Ahmadov Kun.uz muxbirining savoliga javoban özi Facebook tarmoğiga kirişda muammolarga duç kelmaganini, tarmoq kimdadir yaxşi işlamayotgan bölsa, bu masalani Facebook egalaridan söraş maqsadga muvofiqligini ma'lum qildi.

«Özkomnazorat» davlat inspeksiyasi vakili Azamat Akobirov Facebook ijtimoiy tarmoğidagi uzilişlarni örganiş inspeksiya vakolatiga kirmasligini aytdi.

«Sönggi bir neça kundan beri ijtimoiy tarmoqlarda Facebook’ning yomon işlayotgani qizğin muhokama qilinmoqda. Menga mazkur masala böyiça izoh sörab bir qança OAV vakillari murojaat qilişdi.

Şuni ta'kidlaşni istardimki, «Özkomnazorat» davlat inspeksiyasi aloqa xizmatlari sifati ustidan texnik nazoratni amalga oşiradi, operatorlar va provayderlarning texnik infratuzilmasi bilan boğliq masalalarni körib çiqadi.

Turli saytlarning oçilişi, ularga kiriş jarayonida kuzatilayotgan muammolarni hal qiliş bizning vakolatimizga kirmaydi. Biz bunday jarayonlarni kuzatmaymiz.

Mutaxassislarimiz ma'lumotlariga köra, şubhasiz, turli xil saytlarning mavjudligi vaqti-vaqti bilan özgarib turadi va bu internet uçun odatiy holdir. Ijtimoiy tarmoqlardagi ma'lumotlarga köra, foydalanuvçilar bu vaziyatni turliça tavsiflaşmoqda: kimdadir mobil internet orqali tarmoqqa kirişda qiyinçilik kuzatilayotgan bölsa, kimdadir buning aksi. Yana kimdadir bu borada umuman heç qanday muammo yöq. Umuman olganda, Facebook’ka ommaviy kirişda muammo bor deyiş uçun heç qanday asos yöq. Ehtimol, bu qaysidir provayder yoki mobil aloqa operatorining qaysidir uskunalarini modernizatsiya qilişi yoki profilaktika işlari bilan boğliqdir», – deb yozgan inspeksiya vakili Azamat Akobirov özining Telegram’dagi kanalida.