«5 iyuldan maxsus komissiya qarori bilan koronavirus taşxisini tasdiqlaş uçun viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi rahbariga PZR apparati javobiga qarab, taşxis qöyiş vakolati berildi. Kasallarning tuzaliş holatiga qarab, soğayganlar röyxatiga kiritiş ham viloyat vakolatiga ötkazildi.

Töğri, şu 2 kun içida Navoiy viloyatida qayd etilgan ölim holatini e'lon qiliş keçikdi. Çunki Zarafşon şahridagi PZR apparatiga tahlil natijalari asosida ham taşxislarni tasdiqlaş imkoni mavjud böldi.

Bundan taşqari, 2 kun içida Navoiy viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazining rahbari ham almaşdi. Şuning uçun statistikani e'lon qilişda keçikiş kuzatildi», dedi Anvar Olimov şu haqdagi savolga javoban.

SSV qoşidagi ştab a'zosi Habibullo Oqilov koronavirusdan vafot etayotgani e'lon qilinayotganlarning hammasi faqat virus tufayli vafot etmayotganini qöşimça qildi.

«Aynan soppa-soğ odam koronavirus yuqtirib olib, şu tufayli vafot etganlar 3-4 nafardan oşmadi. Vafot etayotganlarning aksari surunkali kasalliklari bor, ortiqça vaznli yoki endokrinologik muammolari, qandli diabet kabi kasalliklari bor kişilardan iborat. Ular virus yuqtirib, infarkt yoki boşqa taşxis bilan vafot etişmoqda.

Yana bir holat borki, infarkt tufayli vafot etgan bemordan virusga ham tahlil olinişi va uning natijasi çiqqunça vaqt ötişi mumkin», dedi Habibullo Oqilov.

Eslatib ötamiz, ijtimoiy tarmoqlarda 6 iyul kuni Navoiyda koronavirus bemorlaridan biri vafot etgani haqida xabar tarqaldi. Köp ötmay Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov viloyat aholisiga murojaatida bu ma'lumotni tasdiqladi. 7 iyul kuni viloyat hokimligi matbuot xizmati uşbu ölim haqida rasman xabar berdi. Bu xabar Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan kun oxiriga borib tasdiqlandi.