
Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri Rahmat Mamatov 1 avgustgaça joriy etilgan qat'iy karantin şaroitida aholining ijtimoiy himoyasi qanday taşkil etilişi böyiça ma'lumot berdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Dastlabki bosqiçda Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi tomonidan işsiz, doimiy daromad manbayini yöqotgan va ehtiyojmand aholi qatlamlarining manzilli röyxatlari şakllantiriladi.
Bu röyxatga:
- ta'minot manbayi bölmagan yolğiz keksalar, nogironligi bölgan, boquvçisini yöqotgan, oğir kasallikka çalingan, köp bolali oilalar;
- ijtimoiy nafaqasi öz ehtiyojlarini qoplamaydigan va undan boşqa daromad manbayiga ega bölmagan oilalar;
- çin yetimlar, bola tarbiyasi bilan qarindoşlari şuğullanayotgan oilalar;
- ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham nogiron bölgan oilalar;
- 14 yoşgaça bölgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boşqa qarindoşlaridan alohida yaşayotgan yolğiz ayollar va yolğiz erkaklar;
- ota-onasidan biri yoki har ikkisi ham işsiz bölgan va iş izlovçi sifatida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hisobida turgan oilalar;
- mehnatga layoqatli a'zolari bölgan, biroq heç qayerda işlamaydigan yoki pandemiya tufayli daromadidan vaqtinça mahrum bölgan, mavsumiy işçi, usta, mardikor, sartaroş, çet elda işini yöqotib qaytib kelgan va daromadsiz qolgan fuqarolarning oilalari kiritiladi.
Şu bilan birga, vaziyatdan kelib çiqqan holda aholining boşqa toifalariga ham ijtimoiy yordam körsatişga e'tibor qaratilişi nazarda tutilgan.
Ikkinçi bosqiç tartibi hozirda amaliyotda davom etib kelayotgan «Saxovat va kömak» harakati faoliyati bilan boğliq. Bunda ehtiyojmand oilalarga Xalq deputatlari mahalliy kengaşlarining qarorlariga muvofiq, «Mahalla» fondi va «Saxovat va kömak» jamğarmalaridan zarur mablağlar ajratiladi.
Uçinçi bosqiçda joylardagi mahalliy hokimliklar, Qoraqalpoğiston Respublikasi va barça viloyatlardagi homiylik, xayriyalarni muvofiqlaştiriş va volontyorlik markazlari bilan birgalikda manzilli röyxat asosida zarur oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlaridan iborat moddiy yordamlarni şakllantiradi.

















