Aslida, koronavirusni uyda individual harakatlar bilan davolaş töğri emas. Sipmtomlar darajasidan qat'i nazar, test natijasi musbat bölsa, davolaniş şifoxona şaroitida, bemorlar uçun ajratilgan maxsus xizmatlarda va izolyatsiya qilingan şifokor nazorati ostida amalga oşirilişi maqsadga muvofiq.

Koronavirus taşxisi qöyilganlarning aksariyatida yengil simptomlar kuzatilişi va ular uyda davolanişlari mumkin.

Şuningdek, alomatlar bir neça kun davomida namoyon bölişi, virus bilan kasallangan odamlar taxminan bir hafta içida özlarini yaxşi his qilişlari mumkin. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti bemorni parvariş qiluvçilarga kasallik alomatlari boşlanganidan keyin 14 kun davomida (Özbekiston sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi tomonidan bu muddat 10 kun etib belgilangan) uning soğliği bilan boğliq özgarişlarini kuzatib borişni tavsiya qiladi.

Koronavirusdan uyda davolaniş simptomlarni yengillaştirişga qaratilgan bölib, mazkur jarayon dam oliş, suyuqlik iste'mol qiliş va şifokor tomonidan tavsiya etilgan dorilarni vaqida qabul qilişni öz içiga oladi.

Eng avvalo, bemor parvarişi uçun uyni izolyatsiya qiliş böyiça şifokorning tavsiyalariga qat'iy rioya qiliş darkor. Ayni paytda bemorni parvariş qiliş sizning soğliğingizga qanday ta'sir qilişi mumkinligini ham körib çiqişingiz lozim. Agar siz xavf guruhiga kiradigan yoşda bölsangiz yoki surunkali kasallik (masalan, yurak yoki öpka kasalligi yoki diabet)ga çalingan bölsangiz, virus yuqtirib olişingiz xavfi ança yuqori böladi. Bunday holatda siz özingizni bemordan uzoq tutişingiz, unga ğamxörlik qiliş uçun esa boşqa kişini qöyişingiz lozim böladi.

Masalan, Turkiyada ham test natijasi musbat çiqqan, ammo yuqori harorat va nafas qisişi kabi oğir alomatlar kuzatilmayotgan bemorlar uy şaroitida davolanmoqda. Çunonçi, Soğliqni saqlaş vazirligi ilmiy qömitasi a'zosi professor-doktor Alpay Azap Anadolu Agency naşriga bergan ma'lumotlarida koronavirusning yengil holatlarini uyda davolaş ilmiy jihatdan töğriligini aytdi. U koronavirus holatlarining aksariyati yengil alomatlar bilan keçayotganini ta'kidlagan.

«Ba'zi bemorlarning davolaniş jarayoni qisqa muddatli kursda yakunlanyapti. Bunday bemorlarni kasalxonaga yotqiziş ularning nuqtayi nazariga köra ham töğri emas. Biz nafaqat Covid-19’da, balki boşqa barça kasalliklarda ham bemorlarni zarur holda kasalxonada tutib turamiz yoki uyiga kuzatamiz. Uyda davolanayotgan bemorlar albatta izolyatsiya ostida bölişlari şart», dedi u.