Bugun, 19 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Boş prokurori Niğmatilla Yöldoşev, Toşkent şahar prokurori Bahriddin Valiyev Covid-19 bilan kasallangan bemorlarni qabul qila oladigan bir neça maskanlarni borib örganişgan. 

«Jumladan, bugun ular Uçtepa tumanida joylaşgan Özbekiston davlat jahon tillari universitetining yotoqxonasida bemorlarni davolaş uçun taşkil etilgan joyni örganib, davolaş jarayonida qulayliklar yaratilişi borasida mutasaddilarga tegişli körsatma va tavsiyalar berişdi. 

Şuningdek, tuman mas'ullari bilan birga Çilonzor tumanida joylaşgan «CARDIO STAR PLUS» MÇJda 50 nafar bemor uçun zaxira koyka-örinlari, u yerdagi şart-şaroitlar, davolaniş uçun kerakli dori vositalari hamda uskunalar bilan jihozlanganligini örgandilar.

Bundan taşqari, Toşkent şahar hokimi va mutasaddilar bilan birga Yunusoboddagi «Özekspomarkaz» maydonlarida koronavirusga çalingan bemorlarni joylaştiriş uçun yaratilgan zaxira koyka-örinlarni közdan keçirişdi», deyiladi Boş prokuratura matbuot xizmati xabarida.

Bundan avvalroq Toşkent şahri hokimligi «Özekspomarkaz»da koronavirusga çalingan bemorlar uçun koyka-örinlar tayyorlayotgani, bu koronavirusga çalingani gumon qilingan bemorlarga aniq taşxis qöyiş va kasallik darajasini aniqlaş, şuningdek, bemorlarga birinçi yordam körsatiş va ularni klinikalarga taqsimlaş markazi bölişi haqida xabar qilingandi.