19 iyul kuni Toşkent şahrining uç hududida – Özbekiston davlat jahon tillari universiteti yotoqxonasida, Çilonzor tumanidagi xususiy klinikada va «Özekspomarkaz»da koronavirusga gumon qilingan fuqarolarni qabul qiliş maskanlari taşkil etilgani haqida xabar berildi.
Bildirilişiça, bu maskanlar koronavirusga çalinganlikda gumon qilinayotganlarni vaqtinça saqlab turiş, kasallik tasdiqlangan taqdirda davolaş uçun tibbiyot muassasasiga yönaltirişga möljallangan.
Kun.uz muxbiri «Özekspomarkaz»da bölib, ehtimoliy bemorlarni vaqtinça saqlaş joyidan reportaj tayyorladi.
Markazda koronavirusga gumon qilinayotgan fuqarolarni vaqtinça saqlab turiş uçun 500ta koykadan iborat joy hozirlangan. Bu yerda fuqarolarga zaruriy birlamçi tibbiy yordam körsatiladi.
Toşkent şahar hokimligi axborot xizmati rahbari Furqat Mahmudxöjayev markaz faoliyati haqida ma'lumot berdi.
– 15 iyul kuni davlat rahbari boşçiligidagi videoselektorda Toşkent şahri va Toşkent viloyatida koronavirus tarqalişining oldini oliş çoralarini kuçaytiriş vazifasi qöyildi. Şundan söng bir neça kun içida Toşkent şahri tibbiyot tizimining moddiy-texnik bazasini yaxşilaş çoralari körildi.
Xususan, «Özekspomarkaz» pavilonlaridan biri COVID-19’ga gumon qilinayotganlarga birlamçi tibbiy yordam körsatiş uçun moslaştirildi.
Odamlar özlarida koronavirus alomatlarini seza boşlasa, tez yordamga murojaat qilyapti. Yötal, isitma kuzatilgani bilan bu COVID-19 bölmasligi mumkin, lekin ularga aniq taşxis ham qöyilişi kerak. Ularni koronavirus taşxisi aniq bölganlardan alohida ajratib oliş maqsadida bu yerga olib kelinadi, bir neça soat içida taşxis aniqlaştiriladi. COVID-19 tasdiqlansa, tibbiyot muassasasiga yuboriladi, ahvoli yaxşi bölsa, uyiga boradi.
Şuni nazarda tutiş kerakki, tez yordamni çaqirganda bemorda koronavirus borligi aniq bölsa, ular töğridan töğri şifoxonaga olib boriladi, – dedi hokimlik rasmiysi.

Markazga keltirilgan har bir fuqaroning kislorod bilan ta'minlanişi uçun şaroit yaratilgan – mis quvurlar orqali tortib kelingan kislorod zarurat bölganda apparat orqali bemorga ulanadi.

















