Xalqaro press-klubning 20 iyuldagi sessiyasida çiqiş qilgan Toşkent şahar prokurori Bahriddin Valiyev şahardagi tez tibbiy yordamga oid yangiliklarni sanab ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.

https://ok.ru/videoembed/1591841917631

Valiyevning sözlariga köra, sönggi kunlarda Toşkent şahrida mavjud 170ta tez yordam maşinasiga qöşimça ravişda 50ta Damas, 28ta Isuzu mashinaci olib kelingan.

«Tez tibbiy yordam operatorlari ştati köpaytirildi, volontyorlar jalb etildi. Ta'tilda bölib turgan tibbiyot xodimlari, tibbiyot kollejlari talabalari va öqituvçilari köngilli asosda işga jalb qilinib, ularga oylik tölov belgilandi.

Şahar hokimi tomonidan yana bir yaxşi iş qilindi: har bitta qönğiroqqa bonus e'lon qildi. Sifatli javob berilgan har bitta qönğiroq uçun 1500 söm, murojaatçi suhbat davomida minnatdorlik bildirgan taqdirda yana qöşimça 500 söm qöşib beriladigan böldi.

Tez yordamning bitta ekipajida 3 kişi işlaydi: haydovçi, hamşir va vraç. Ularga maxsus varaqa beriladi. Agar tez yordam çaqirgan fuqaro öşa varaqaga körsatilgan xizmatdan minnatdorligini, xodimlar yaxşi muolaja va muomala qilganini yozib bersa, ekipajga 100 ming söm bonus beriladi», – dedi Toşkent şahar prokurori Bahriddin Valiyev.

Eslatib ötamiz, poytaxt tez yordam tizimida rağbatlantiriş qöllana boşlaşi haqida avvalroq şahar hokimligi matbuot kotibi Furqat Mahmudxöjayev ma'lum qilgan edi.