Bugun, 23 iyul kuni AOKA ştabida Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş markazi iştirokida brifing bölib ödi. Unda vazirlik axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva qayta taşkil etilayotgan xayriya markazlarida aholi tarqatilgan dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari xarajati haqida axborot berdi.

«Aholi murojaatlari hamda fuqarolar yiğinlari tomonidan şakllantirilgan röyxatlar asosida joriy yilning 14 iyulidan 22 iyuliga qadar respublikamiz miqyosida jami 145 154ta moddiy daromad manbayini yöqotgan, işsiz va ehtiyojmand oilalarga 14 mlrd 67 mln sömlik oziq-ovqat mahsulotlari, 330ta oilaga esa qiymati 52 mln 400 ming söm miqdordagi dori-darmonlar joylarda taşkil etilgan xayriya markazlari tomonidan yetkazib berildi.

Ma'lumot sifatida aytiş kerakki, joriy yilning 14 iyulidan boşlab, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi hamda Yoşlar işlari agentligi bilan birgalikda homiylik, xayriyalarni muvofiqlaştiriş va volontyorlik markazlari taşkil etildi. Markazlarning asosiy vazifasi homiy taşkilot va fuqarolar tomonidan xayriya qilingan oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlarini ehtiyojmand hamda karantin qoidalarining kuçaytirilişi munosabati bilan doimiy daromadsiz qolgan fuqarolarga yetkazib berişdan iborat», deya ma'lumot berdi Boymirzayeva.

Eslatib ötamiz, respublika maxsus komissiyasining 11 iyuldagi qarori bilan Özbekistonda 1 avgustgaça joriy etilgan karantin davrida muhtoj oilalarga yordam körsatiş uçun 20 mlrd söm ajratilgandi.