Hozirgi vaqtda Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazida davolanişdaman, deb aytgan Bobolov 24 iyul kungi murojaatida.
https://ok.ru/videoembed/1599026825919
«Şifokorlar yordami bilan qisqa vaqtda soğliğimni ança tiklab oldim. Xudo xohlasa, tez kunlarda davolanib çiqib, işni davom ettirişga kuç-ğayratim yetarli», – deydi Surxondaryo viloyati hokimi.
Eslatib ötamiz, 50 yoşli Töra Bobolov koronavirusga çalinib, Toşkentda davolanayotgani 18 iyul kuni ma'lum bölgan edi.
Şu kuni undan taşqari Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi Musa Yerniyazov ham COVID-19`dan davolanayotgani oçiqlangandi. SSVning qariyb bir hafta oldingi xabarida 73 yoşli siyosatçi Nukusda davolanayotgani, holati barqaror deb baholanayotgani ma'lum qilingandi.
Kuni keça Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimi Faxriddin Zoirov koronavirusdan soğayib çiqqan edi.











