25 iyul kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesiga köp yillardan buyon raislik qilib kelayotgan Musa Tajyetdinoviç Yerniyazovning ölimi töğrisida xabarlar tarqaldi. 

Tez orada bu xabarlarning dastlabki manbasi sifatida körsatilgan repost.uz sayti ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida sayt xakerlar hujumiga uçraganini ma'lum qildi va raisning 20 iyul kuni vafot etgani haqidagi bu xabar rad etildi.

Kun.uz muxbiri vaziyatga aniqlik kiritiş uçun Soğliqni saqlaş vazirligi jamoatçilik bilan aloqalar bölimi rahbari Furqat Sanayev bilan boğlandi.

– Bu xabar haqiqatga mutlaqo zid. Musa Tajyetdinoviç hayot va ayni paytda davolanmoqda. Yetakçi mutaxassislar u kişining soğligi tiklanişi uçun kuraşişyapti, uzluksiz konsiliumlar ötkazilyapti. Asossiz xabar tarqatişning javobgarligi borligini unutmaslik lozim, – dedi Sanayev.

Eslatib ötamiz, 73 yoşli Musa Yerniyazov Nukusda koronavirusdan davolanayotgani ötgan şanbada, 18 iyul kuni ma'lum bölgan edi.

Şu kuni Surxondaryo viloyati hokimi Töra Bobolov ham COVID-19`ga çalinib, Toşkentda davolanayotgani xabar qilingandi. Kuni keça Bobolovning ölimi haqida asossiz xabar tarqalgaç, hokim videomurojaat bilan çiqib, ahvoli ança yaxşi ekanigi aytdi. Tez orada miş-miş tarqatgan şaxs aniqlanib, jarimaga tortildi va telefoni musodara qilindi.