Markazda koronavirusga gumon qilinayotgan fuqarolarni vaqtinça saqlab turiş uçun 1008ta koykadan iborat joy hozirlanmoqda.

Bu yerda fuqarolarga zaruriy birlamçi tibbiy yordam körsatiladi. Hozirda binoni moslaştiriş va koykalarni örnatiş jarayoni ketmoqda, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.

Ayni paytda Yunusobod tumanidagi «Özekspomarkaz»ning 3-pavilonida 1000 örinlik maxsus markaz faoliyat yuritmoqda (mas'ul – Toşkent şahar hokimligi). Şuningdek, 1- va 2-pavilonlarda yana 814ta koyka tayyorlanmoqda (mas'ul – Mudofaa vazirligi gospitali).

Bundan taşqari, yaqin 2-3 kun içida Yunusoboddagi gimnastika saroyida 750 örinli (mas'ul – IIV gospitali), Şayxontohur tumanidagi «Yoşlik» sport majmuasida 520 örinli (mas'ul – DXX gospitali) birinçi tibbiy yordam markazlari foydalanişga topşirilişi kutilyapti.

Sergeli tumanidagi 2-son BÖSM 250 örinli davolaş maskani etib qayta jihozlanyapti.

Bundan avval Özbekiston davlat jahon tillari universiteti yotoqxonasi va Çilonzor tumanidagi «Cardio Star Plus» xususiy klinikasi (50ta örin) ham koronavirusga gumon qilinganlarni vaqtinça saqlaş maskanlariga aylantirilgani aytilgandi.

Bu markazlarda koronavirusga gumon qilinganlarga taşxis qöyiş, zaruratga köra davolaş uçun şaroit yaratilayotgani, ular pandemiya talablari asosida jihozlanib, zarur tibbiy uskunalar bilan ta'minlanayotgani xabar qilingan