Koronavirusga qarşi kuraş ştabi a'zosi Rajabboy Isroilov mamlakatda umumiy ölim holatlarining kunlik körsatkiçi haqida ma'lumot berdi.
«Özbekistonda statistika böyiça bir kunda 500tadan 600tagaça ölim holati töğri keladi. Bular orasida yoş bolalardan tortib qariyalargaça mavjud. Iyul oyida yozgi çilla bölgani uçun bu statistika, ölim holati köpayişi mumkin.
Kasallik bor ekan, ölim ham bölişi mumkin. Koronavirus tarqalişini çegaralaş uçun barça kasalxonalarda şu infeksiya va boşqa kasallikdan nobud bölganlarni faqatgina respublika patologoanatomiya markazi orqali yuvib, deiznfeksiyalab beriş yölga qöyilgan edi. Bemor koronavirusdan vafot etgan bölsa, taşkiliy usulda mozorga olib borilar, boşqa kasaldan vafot etgan bölsa, qarindoşlariga berib, uni ham uyigaça kuzatib, özining mahallasida dafn qilinar edi.
Ölim holati bir joyda yiğilib qolmasligi uçun Toşkent şahridagi barça kasalxonalarda patologoanatomiya bölimlarini taşkil qilib, mayitni öşa joydan qarindoş-uruğlarga berişni taşkil qiliş rejalaştirilgan. Bu böyiça körsatma tayyor, şu kunlarda yölga qöyiladi», – dedi Rajabboy Isroilov 5 avgust kuni AOKAdagi brifingda.
Avvalroq Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi Anvar Alimov koronavirusdan vafot etganlarning jasadini marhumning yaqinlariga beriş tartibi özgarişi mumkinligini aytgan edi.
Unga köra, bemor vafot etgandan keyin ikki soat ötgaç, koronavirus jasadda öz kuçini yöqotadi. «Şu nuqtayi nazardan, jasad ikki soat saqlangandan keyin uni qarindoşlariga berib yuborişga ruxsat beriş taklifi ilgari surilyapti», – degandi ştab a'zosi.


















