Davlat test markazining ma'lumot berişiça, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari ğoliblar töğrisidagi nizomga muvofiq, xalqaro va respublika tanlovlari ğoliblariga qöşimça kvota ajratilmaydi.
Qayd etilişiça, respublikada 1-örinni va xalqaro tanlovlarda 1-3-örinni egallagan Olimpiya öyinlari, Osiyo öyinlari, jahon çempionati va Osiyo çempionatining individual turlarida ğolib çiqqan akademik litseylar, professional ta'lim muassasalari va umumta'lim maktablarining bitiruvçilari OTMga test sinovlarisiz va qöşimça imtihonsiz qabul qilinadi.
Respublika va xalqaro tanlovlar, musobaqalarning jamoa turlari ğoliblari esa özlarining orasidan OTMga test sinovlarisiz va qöşimça imtihonsiz qabul qiliş uçun uç nomzodni belgilaydi.
“Bunday imtiyozga ega abituriyentlar umumiy qabul parametrlari asosida talabalikka qabul qilinadi, ularga qöşimça qabul parametrlari ajratilmaydi.
Ayrim bakalavriat ta'lim yönalişlarida imtiyozga ega bu turdagi abituriyentlar röyxatdan ötgan va ularning soni ajratilgan davlat grantlari soniga teng yoki undan köp bölgan. Şuning uçun 189 ball töplagan abituriyentlar ham tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan”, - deb yozmoqda Davlat test markazi.


Eslatib ötamiz, kiriş imtihonlarining javobi 25 sentabr kuni e'lon qilindi.
Test natijalaridan norozi bölgan abituriyentlar 28 sentyabrdan boşlab apellyatsiya şikoyati yuborişlari mumkin. 56,7 ball va undan yuqori ball töplagan, tabaqalaştirilgan tölov-kontraktda öqiş imkonidan foydalanişni xohlagan abituriyentlar 26 sentyabrdan boşlab OTMlarga murojaat etişi mumkin.

















