Davlat test markazining xabar berişiça, kiriş imtihonlarining yakuniy natijalari bugun soat 15:00da DTMning rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.

Abituriyentlar talaba bölgani haqida quyidagi 3 usul orqali bilib olişi mumkin:

Abituriyentning şaxsiy kabineti orqali:

Davlat test markazining rasmiy veb-saytida har bir abituriyent uçun şaxsiy kabinet yaratilgan bölib, abituriyentlar birinçi usulda abitur.dtm.uz saytidagi şaxsiy kabinetiga kiriş orqali tanlov natijalarini bilişlari mumkin.

SMS xabarnoma xizmati orqali:

Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga abituriyent ID’ni yuborgan holda bilişlari mumkin. Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga tanlov natijalari böyiça SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud)

Test natijalari qaydnomasi orqali:

Şuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta'lim muassasalariga taqdim etiladi.

Eslatib ötamiz, bu yil 1,5 millionga yaqin abituriyent OTMlardagi 140 mingga yaqin örin uçun kuraşdi.

Test natijalarini qanday biliş mumkin?

Abituriyentlar buning uçun ruxsatnomasining pastki öng burçagida QR kod ostiga maxsus havola (link) oçib, test natijasini körişi mumkin.

QR kodni qanday öqiş mumkin?

1) Hozirgi zamonaviy smartfonlarning deyarli barçasida QR kodni öqiş uçun telefon kamerasining özi kifoya qiladi. Alohida qanaqadir dastur örnatiş şart emas. Şunçaki telefon kamerasini yoqing va abituriyent ruxsatnomasining pastki qismidagi QR kod ustiga kamerani olib boring. Şunda telefon ekranida yozuv paydo böladi va abitur.dtm.uz saytidagi maxsus uzun havola çiqib keladi. Öşa havolani brauzer orqali oçsangiz, natijani köriş mumkin böladi.