Huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev sport tanlovlari ğolibi sifatida imtiyozli bölgan abituriyentlarning imtiyozi notöğri hisoblangani haqida yozgan edi. 2 oktabr kuni bloger xato töğrilanib, abituriyentlar bilan qayta hisob-kitob qilinganini ma'lum qildi.
Davlat test markazi matbuot xizmati Kun.uz'ga uşbu ma'lumotni tasdiqladi. Unga köra, 189 ball olgan abituriyentlarning örni qayta körib çiqilgan va natijalar özgargan.
Maksimal ball töplagan bölsa-da, kontraktga kirgani aytilgan abituriyentlar bugun natijasini qayta tekşirganda, budjetga kirgani haqida ma'lumot olişmoqda.
«Ajoyib! 189 ball olgan abituriyentlar, siz ham tezda natijangizni qayta tekşirib köring», – deb yozadi bloger.
Uning qöşimça qilişiça, kontraktga ötiş ballari ham özgargan. Kiriş çiziğidan pastda turgan abituriyentlar ham öz natijasini qayta tekşirib körişi tavsiya etiladi.

«Masalan, Toşkent davlat yuridik universiteti misolida oladigan bölsak, avval davlat granti uçun ötiş ballari 2ta fakultetda körsatilmagan, şunçaki çiziqça qöyilgan edi. Çunki öşa yönalişlarda kvota doirasida sportçilar imtiyozli qabul qilingandi. Ana endi ular kvotadan taşqariga olib ötilgandan keyin, davlat granti uçun ötiş bali 189 ball deb belgilangan. Demak, 189 ball olganlarning barçasi grantga qabul qilingan.
Yana bir muhim tomoni, kontrakt uçun ham kiriş ballari biroz pastlagan. Ya'ni sportçilar kvotadan taşqariga olib ötilgani natijasida kontrakt çiziğining tagida turgan va ozgina bali yetmay qolgan abituriyentlar mandat çiziğida yuqoriga kötarilib, kontrakt asosida qabul qilingan. Şuning uçun mandat çiziği tagida turgan abituriyentlar yana bir bor öz natijalarini qayta tekşirib qöyişlarini söragan bölar edim», – deb ma'lum qildi huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev.


















