Kun.uz muxbiri Davlat test markazi direktori örinbosari Sardor Rajabov bilan suhbatda bölib, qabul jarayoniga oid qator savollarga javob oldi.

Ballar oşişiga sabablar

– Bu yil test sinovlari oldingiga qaraganda boşqaça şaroitda ötdi. Hujjat topşirgan abituriyentlar soni ham köproq böldi. Testlar ham soddalaştirildi, fanlar kamaytirildi, birinçi qiyinçilik darajasidagi savollar köpaytirilib, törtinçi qiyinçilik darajasidagi savollar olib taşlandi. Bular ball kötarilişiga, maksimal ball olgan abituriyentlar soni köpayişiga sabab böldi.

Bunga imtihonda faqat 2ta mutaxassislik fani qoldirilgani ham sabab böldi. Sababi ötgan yillarda köpçilik abituriyentlar uçinçi fanni tavakkal işlar edi.

Neçta abituriyent maksimal ball oldi?

– Maksimal ball olganlar keskin köpaygani yöq. Masalan, Toşkent davlat yuridik universitetida 400dan ortiq maksimal ball olganlar kuzatildi, degan turli xabarlar tarqaldi. Lekin bu OTMda maksimal olganlar 50ta atrofida bölgan. Yuridik universitet azaldan öziga işonganlar hujjat topşiradigan va ball yuqori böladigan OTM hisoblanadi.

Maksimal ball olgan abituriyentlar soni bilan boğliq statistikalar apellyatsiya jarayonlari ham töliq tugagaç umumlaştiriladi.

«Teng ball töplagan abituriyentning biri grantga, biri kontraktga kirmagan»

– Teng ball olgan abituriyentlar masalasiga kelsak, ularning heç birining huquqi çeklangani yöq. Aytaylik, oxirgi grant örniga yetadigan ball töplagan abituriyent bir emas, bir neçta bölsa, ularning hammasi grant asosida qabul qilindi. Bir abituriyent grant asosida, qolganlar kontrakt asosida qabul qilingani yöq. Kontrakt asosida talaba bölganlarning ballini hisoblaşda ham xuddi şu tartib qöllanildi.

Ballar yuqori bölişiga savollar takrorlangani sabab emasmi?

– Yöq, savollar takrorlangani yöq. Faqatgina bir smenadagi bir neçta abituriyentga bir xil savol tuşgan. Lekin ötgan smenadagi savollar boşqa smenadagi abituriyentga qayta tuşmagan.