Muddatli harbiy xizmatni ötab, qömondonlik tavsiyanomasini olgan bölsa-da, OTMga kiriş imtihonlarida bu imtiyozlari hisobga olinmagan abituriyentlar 22 oktabr kuni yana Davlat test markazi oldiga yiğildi.

Kun.uz muxbiri xabariga köra, abituriyentlar uşbu masalaga Vazirlar Mahkamasi e'tibor qaratişini talab qilmoqda. Turli viloyatlardan Toşkentga kelgan fuqarolar bilan bu gal Yoşlar ijod saroyi anjumanlar zalida uçraşuv taşkil qilindi.

Uçraşuvda mas'ullardan Davlat test markazi direktori örinbosari Sardor Rajabov, Vazirlar Mahkamasi mas'ul xodimi Diyorbek Qöçqorov, Davlat qabul komissiyasi mas'ul kotibi Şohrux Daliyev va boşqalar iştirok etdi.

Muammo şundaki, 1800 abituriyentning harbiy tavsiyanoma imtiyozi OTMlarga kiriş imtihoni uçun tasdiqlanmay qolgan va ular umumiy kvotadan taşqari 5 foizlik kvotaga kiritilmagan.

Norozilik bildirayotgan abituriyentlarning aksari özi hujjat topşirgan OTMlarning «harbiylar uçun ötiş balli»dan yuqoriroq ball töplagani, şunga qaramay talabalikka qabul qilinmaganini aytmoqda.

Ular oktabr oyining dastlabki haftasida ham DTM binosi oldida töplanişgandi. Ammo öşanda aytilgan muddatda natijalar e'lon qilinmadi.

22 oktyabrdagi uçraşuvda DTM direktori örinbosari Sardor Rajabov murojaatlar körib çiqilayotgani, 1800dan ortiq abituriyentning har biriga tegişli hujjatni örganiş vaqt talab qilişini ta'kidladi.