DTMning xabar berişiça, bu yil harbiy qism qömondonligi tavsiyanomasiga ega jami 13 107 nafar abituriyent OTMning bakalavriat ta'lim yönalişlariga öqişga kiriş uçun röyxatdan ötgan. Mas'ul vakolatli organlar tomonidan dastlabki tekşiriş natijalariga köra, 1 828 nafar abituriyentning harbiy qism qömondonligi tavsiyanomasi tasdiqlanmagan.
“Qayta tekşiriş natijalariga köra, 1 828 nafar abituriyentdan 1 516 nafari harbiy qism qömondonligi tavsiyanomasiga ega ekanligi, 172 nafari safarbarlik çaqiruv rezervida xizmat qilganligi, 85 nafari harbiy xizmatni ötamaganligi va 55 nafari muddatli harbiy xizmatni ötaganligi, lekin harbiy qism qömondonligi tavsiyanomasiga ega emasligi aniqlandi.
Davlat test markazi tomonidan tavsiyanomasi tasdiqlangan abituriyentlarning test sinovida töplagan ballari asosida tanlov natijalari (har bir ta'lim şakli va oliy ta'lim muassasasi kesimida) hisoblanganda 1 516 nafar abituriyentdan 128 nafari davlat grantiga, 478 nafari tölov-kontraktga ötiş ballariga teng yoki undan yuqori ball töplaganligi ma'lum böldi”, – deb yozmoqda Davlat test markazi.
Qayd etilişiça, Ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasining 6-son bayoni bilan bu abituriyentlarning 128 nafari davlat granti asosida, 478 nafari esa tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.
“Hozir talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning qaydnomasi oliy ta'lim muassasalariga taqdim etilmoqda. Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar öz natijalarini şaxsiy kabinetlari orqali körişlari mumkin”, – deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, tavsiyanomasi tasdiqlanmay qolgan abituriyentlar bir neça marta DTM binosi yoniga töplanişdi, Vazirlar Mahkamasiga borişdi.
Avvalroq DTM direktori Majid Karimov Qabul komissiyasiga asoslanib, tavsiyanomasi muammo bölgan abituriyent talaba bölişini aytgan edi.

















