«Talabalar. Öqiş uçun keldingizmi – öqing! Kim xohlasa – öqisin. Kim qonunni buzib ruxsat berilmagan namoyişlarga çiqsa – talabalikdan mahrum qilinadi. Iltimos, men aytganimdek, ularni yoki armiyaga yuboringlar yoki [universitetdan] köçaga çiqarib yuboringlar», – degan Lukaşenko oltinçi UmumBelarus milliy yiğilişiga tayyorgarlik çoğida.
Oktabr oyining boşlarida talabalari norozilik namoyişlarida qatnaşgan 3 ta oliy öquv yurtining rektorlari ham işdan böşatilgan edi. Hukumat buni «tartibga soliş» maqsadida amalga oşirilganini ta'kidlagan.
Sentabr oyida «Belarus – Kelajak» fondi norozilik namoyişlarida qatnaşib, oliygohlardan haydab yuborilgan talabalarni Ukraina universitetlariga öqişga kirişiga yordam berişini ma'lum qilgan. Yordam aynan qanday şaklda bölişi oçiqlanmagan.
26 oktabr kuni Belarus muxolifati yetakçisi Svetlana Tixanovskaya hukumat «xalq ultimatumi»ni bajarmagaç, umummilliy iş taşlaşlar haqida e'lon qilgandi.
Zabastovkaga qator davlat va xususiy korxonalar xodimlari, talabalar ham çiqmoqda. Şuningdek, Tixanovskaya xususiy biznes, diniy jamoalar, madaniyat, sport taşkilotlari va IT kompaniyalarini zabastovkaga qöşilişga çorlagandi.
















