Joriy haftada Toşkent şahri va viloyatidagi 17 ta AYoQŞ faoliyati qisqa muddatga töxtatildi. Bu haqda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi boşqarma boşliği örinbosari Muhayyo Hayitova ma'lum qildi.

Hukumat qarori bilan, hojatxonasi bölmagan yoki belgilangan talablarga javob bermaydigan AYoQSlar faoliyati taqiqlangan. Közlangan maqsad – turizm infratuzilmasini yaxşilaş. Şu yil 1 martdan kuçga kirişi belgilangan bu talab ijrosi keçiktirilib, 1 sentyabrga surilgan edi.

Muhayyo Hayitovaning sözlariga köra, respublikadagi AYoQSlarda sanitariya-gigiyena şoxobçalari barpo etilişini nazorat qiliş böyiça maxsus işçi guruh tuzilgan. Guruh avtomobillarga gaz va benzin quyiş stansiyalaridagi sanitariya masalalarini örganiş va çora köriş bilan şuğullanadi.

Muhayyo Hayitova

«3–5 noyabr kunlari olib borilgan örganişlar davomida respublika va hududiy işçi guruh a'zolari Toşkent şahri va Toşkent viloyatidagi 30ga yaqin AYoQŞga bevosita taşrif buyurişdi hamda ularning 17tasida qaror talablari bajarilmagani uçun faoliyatini qisqa muddatga töxtatiş çoralari körildi», – dedi Turizm qömitasi rasmiysi.

Hayitova bu haqda 6 noyabr kuni, Toşkent şahri va Toşkent viloyatidagi eng namunali AYoQŞlarni taqdirlaş marosimida aytib ötdi. U uşbu şoxobçalarni namunali körinişga keltiriş böyiça qilinayotgan işlar haqida ham ma'lumot berdi.

«Dastlab örganiş işlarini boşlaganimizda atigi 400 ta namunali AYoQŞlar mavjud edi. Hozirda 3000dan oşiği namunali darajaga yetdi. Bunda nafaqat soğlom insonlarga, balki imkoniyati çeklanganlarga ham ahamiyat berilgan. Ular uçun çiqiş yölkalari qurilgan, ötirgiçlar örnatilgan.

Tadbirkorlarga faqat gaz yoki benzin sotiş bilan töxtab qolmasdan, öziga tegişli AYoQŞda bir neça turdagi tadbirkorlik bilan şuğullanişiga ham imkoniyat yaratilmoqda.