Rossiyada aloqa sohasida davlat nazoratini olib boruvçi xizmat – Roskomnadzor Telegram messenjerida özining kanalini oçdi. Bu haqda taşkilotning Twitter'dagi sahifasida ma'lum qilingan.

«Agar siz uçun Roskomnadzor xabarlarini Telegram orqali öqiş qulay bölsa, bu yerda ham kanal oçişga qaror qildik», deyilgan xabarda. Ayni damda 6 ming nafardan ortiq öquvçisi bor kanal 13 oktyabrda oçilgan. 29 oktyabr kuni unda ilk post joylangan. Bu kanalning rasmiy ekani haqida oldin xabar berilmagan.

2018 yil Rossiya xavfsizlik xizmati FXXga söralgan ma'lumotlarni berişdan boş tortgani sabab 2018 yilda Rossiya hududida Telegram'ni bloklaş boşlangandi. Öşanda FXX Telegram'dan foydalanuvçilarning yozişmalarini söragan va rad javobini olgan. Roskomnadzor ikki yil davomida Rossiya hududida Telegram messenjerini bloklaşga urindi, lekin bu işni qisman amalga oşirgan bölsa-da, Telegram'ni Rossiyada töliq bloklaşning imkoni bölmadi.

2020 yil 18 iyunida esa Roskomnadzor Rossiya Boş prokuraturasi bilan maslahatlaşgan holda Telegram'ga nisbatan qöllangan barça çeklovlar bekor qilinganini e'lon qildi. Çunki biroz oldin messenjer asosçisi rossiyalik Pavel Durov Telegram terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşişini ma'lum qilgandi. Uning aytişiça, Telegram ekstremistik propaganda alomatlari bölgan ma'lumotlarni bloklaş usullarini mukammallaştirgan.

Qiziği şundaki, Roskomnadzor Telegram'ga qarşi çeklovlar bekor qilinganini ma'lum qiliş asnosida messenjerni bloklaşning texnik jihatdan imkoni bölmaganini tan olgandi. Taşkilotning Telegram'da rasmiy kanal oçişi ikki tomon örtasidagi munosabatlar yanada yaxşilanganini bildirişi aytilmoqda.

Ma'lumot uçun, Telegram'dan dunyoda 400 milliondan ortiq odam foydalanadi. Pavel Durov messenjerning foydalanuvçilari kuniga 600 ming nafardan köpayayotganini aytgandi. Rossiyada Telegram'dan 30 million kişi foydalanişi ma'lum. Internet olamida eng ommapob messenjerlardan biriga aylanib borayotgan Telegram'ning bozor narxi 10 milliard dollardan köproqqa baholangan.