Çet elga çiqib ketgan Özbekiston fuqarosi mamlakat fuqaroligidan çiqmagan holda çegaradan çet davlat pasporti bilan kirib kelsa, u Özbekiston fuqarosi sifatida tan olinadi, deb ma'lum qildi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasi boşqarma boşliği örinbosari Dilşodbek Murodbekov.
U 12 yanvar kungi matbuot anjumanida aytdiki, boşqa davlat fuqaroligini olgan şaxs Özbekiston fuqaroligidan çiqmagan taqdirda, uning pasporti yöqolgan yoki amal qiliş muddati tugagan bölsa, uşbu holatda unga fuqarolikni tasdiqlovçi ID-karta berilişi mumkin.
«Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida»gi qonunga binoan, agar şaxs ixtiyoriy ravişda çet davlatning fuqaroligini olgan bölsa, u Özbekiston Respublikasi fuqaroligini yöqotadi.
Dilşodbek Murodbekovning yuqoridagi bayonotidan söng, köplab vatandoşlarda Özbekiston fuqarosi bir vaqtning özida çet el fuqaroligiga ham ega bölişi mumkin ekan, degan fikrlar kelib çiqmoqda.
Kun.uz muxbiri holatga aniqlik kiritiş maqsadida IIV MFRBB rasmiysi Dilşodbek Murodbekov bilan boğlandi.
Uning bildirişiça, yuqorida aytgan fikrlarining barçasi töğri hamda «Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida»gi qonunda öz aksini topgan. Ya'ni çet elga çiqib ketgan Özbekiston fuqarosi fuqarolikdan çiqmagan holda çegaradan çet davlat pasporti bilan kirib kelsa, uning faqat Özbekiston fuqaroligi tan olinadi.
Ammo bu – şaxsning doimiy ravişda ham Özbekiston, ham boşqa davlat fuqaroligida yurişi mumkinligini anglatmaydi. Ya'ni içki işlar organlari şaxsning boşqa davlat fuqaroligini olganini eşitişi yoki undagi boşqa davlat pasportini körişi hamon Özbekiston fuqaroligidan avtomatik tarzda çiqarib yuboriş masalasini körmaydi.
Bunda, dastlab uşbu şaxsning rostdan ham boşqa davlat fuqaroligini olganiga tegişli taşkilotlar yordamida aniqlik kiritiladi. Şundan söng, uşbu şaxsdan agarda boşqa davlat fuqaroligidan öz vaqtida voz keçmasa, Özbekiston fuqaroligidan mahrum qilinişi haqida tilxat olinadi.
Bunda, şaxsga fuqarolik töğrisidagi qonunçilik batafsil tuşuntiriladi va çet el fuqaroligidan voz keçmaslik oqibatlaridan ogohlantiriladi.
Berilgan muddat davomida şaxs çet el fuqaroligidan voz keçmasa, uning Özbekiston fuqaroligi prezident farmoni bilan tugatiladi. Uşbu holatda şaxs heç qanday ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.

















