Davlat statistika qömitasi axborotiga köra, taşqi savdo aylanmasida eksport hajmi 15,2 milliard AQŞ dollarini (13,4 foizga kamaygan), import hajmi 21,1 milliard AQŞ dollarini (12,8 foizga kamaygan) taşkil qilgan.

2020 yil davomida Özbekistonning taşqi savdodagi asosiy şerigi sifatida Xitoy qayd etilgan. Özbekiston va Xitoy örtasidagi özaro savdo hajmi 6,43 milliard AQŞ dollarini taşkil qilgan. Şundan 1,93 milliard AQŞ dollari eksport uluşiga, 4,5 milliard AQŞ dollari import uluşi ekanligi ma'lum qilingan. Örtadagi salbiy saldo – 2,57 milliard dollar.

Ötgan yil davomida Özbekistonning savdo şeriklari orasida Rossiya ikkinçi örinda (özaro taşqi savdo aylanmasi 5,6 milliard AQŞ dollari ,şundan eksport 1,5 milliard AQŞ dollari, import 4,1 AQŞ dollari) qayd etilgan. Keyingi poğonalarda Qozoğiston, Janubiy Koreya, Turkiya, Qirğiziston, Germaniya joy olgan.

Taşqi iqtisodiy faoliyat böyiça 10ta yirik hamkor davlatlar orasidan faqat 2tasi bilan (Qirğiziston va Afğoniston) aktiv taşqi savdo balansi kuzatilgan. Qolgan 8ta davlatlar bilan passiv taşqi savdo balansi qayd etilgan, ya'ni ulardan import qiliş eksportga qaraganda köp kuzatilgan.

Taşqi savdo aylanmasining 2020 yil iyul hamda avgust oylarida keskin ösişi kuzatilgani oltin eksportining oşgani bilan izohlangan.

2020 yilning iyul–sentyabr oylarida Markaziy bank 34,9 tonna oltin eksport qilganligi haqida ma'lumot berilgandi. Bu oçiqlangan ma'lumot böyiça, Özbekiston tarixidagi rekord oltin eksporti hisoblanadi.

Avvalroq, joriy yilning 14 yanvar kuni «2021 yilda Özbekiston Respublikasining eksport salohiyatini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori imzolanganligi va joriy yil davomida eksport salohiyatini tiklaş va kengaytiriş böyiça işlar haqida ma'lumot berilgandi.