Joriy yil 14 yanvar kuni «2021 yilda Özbekiston Respublikasining eksport salohiyatini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori imzolandi. Qarorda joriy yil eksport salohiyatini tiklaş va kengaytiriş böyiça işlar haqida ma'lumot berilgan, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Ta'kidlanişiça, 10 kun muddatda «Işlab çiqaruvçidan to iste'molçiga» tamoyili asosida Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligining hududiy bölinmalarida doimiy faoliyat yurituvçi hududiy eksport ştablari taşkil etiladi.

Şuningdek, eksportni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi tomonidan eksportga yönaltirilgan maxsulotlarni işlab çiqariş uçun 100 million dollar ajratilişi belgilandi. 2021 yil 1 fevraldan eksportçi taşkilotlarga eksportoldi moliyalaştiriş ajratilişi ma'lum qilindi.

Bundan taşqari, 2021 yil 1 apreldan mahalliy eksportçi korxonalarning savdo uylarini oçiş va saqlaş, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga oliş, şuningdek, reklama kampaniyalarini taşkil qiliş bilan boğliq çet eldagi xarajatlarining 50 foizi Eksportni rağbatlantiriş agentligi mablağlari hisobidan qoplab beriladi.

Avvalroq, Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov eksportga yuborilgan mahsulot uçun mablağning tadbirkor hisobiga kelib tuşişi, uni undirib oliş işlari böyiça yangi tizim yölga qöyilişini ma'lum qilgandi.

Şuningdek, vazir 2021 yilda özgarayotgan investitsion siyosat haqida ma'lumot bergan.