Özbekiston, Afğoniston va Pokiston davlat rasmiylari örtasida bölib ötgan yiğilişda «Mozori Şarif – Kobul – Peşovar» temir yöli qurilişi böyiça qöşma harakatlar rejasi («yöl xaritasi») tasdiqlandi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Bu – yangi davr, yangi bosqiç, XXI asrda mamlakatlarimiz uçun yangi va eng muhim voqea. Men uşbu yutuqli taşabbusni işonçli tarzda asrning loyihasi deb ataşim mumkin. Bu mamlakatlar örtasidagi xalqaro hamkorlikning prinsipial jihatdan yangi paradigmasini şakllantiradi. Bugun biz muhokama qilayotgan temir yöl barqaror rivojlaniş va xalqlarimiz turmuş darajasini yaxşilaş platformasiga aylanadi», – dedi Sardor Umrzoqov.

Uning sözlariga köra, transport yölagi milliy iqtisodiyot va mintaqalararo savdoning ravnaqi uçun yangi turtki beradi, şuningdek Afğoniston va Pokistonning Markaziy Osiyo, MDH va Şarqiy Yevropa bozorlariga çiqiş imkoniyatlarini töliq oçib beradi.
Sardor Umrzoqov şuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari Afğoniston va Pokiston orqali dengiz portlariga eng qisqa vaqt içida çiqiş imkoniyatiga ega bölişlarini ta'kidladi. Bu – temir yöl transport xarajatlarini 30–35 foizga, taşiş vaqtini esa örtaça 15–16 kunga kamaytiradi.


Avvalroq, Pokiston boş vaziri Imron Xon Pokiston va Özbekiston örtasidagi Trans-afğon temiryöl qurilişi loyihasini tasdiqlagani, bu loyihaga xalqaro moliya taşkilotlari 4,8 milliard dollar ajratişi kutilayotgani ma'lum qilingandi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida «Markaziy Osiyoni Hind okeani bilan boğlaydigan Trans-afğon transport yölagini barpo etiş borasida dastlabki amaliy qadamlar» taşlangani haqida aytgandi.

















