Pokiston boş varizi Imron Xon Pokiston va Özbekiston örtasidagi Trans-afğon temiryöl qurilişi loyihasini tasdiqladi. Uşbu loyihaga xalqaro moliya taşkilotlari tomonidan 4,8 milliard dollar jalb etilişi kutilmoqda, deb xabar bermoqda Anadölu agentligi.

Pokiston boş vazirining savdo va investitsiya masalalari böyiça maslahatçisi Razzoq Dovudga köra, Imron Xon 2020 yil 29 dekabrda loyihani işga tuşiriş maqsadida xalqaro taşkilotlardan qarz sörab, xat yöllagan.

«Mazkur xatni imzolaşda Özbekiston transport vaziri vazifasini bajaruvçi Ilhom Mahkamov ham iştirok etdi. Avvalroq xat Afğoniston va Özbekiston prezidentlari tomonidan ham imzolangandi», — deyiladi agentlik xabarida.

Razzoq Dovudning aytişiça, loyihani amalga oşiriş şartlari Özbekiston bilan kelişib olingan, ayni paytda Afğoniston tomoni bilan muzokara davom etmoqda.

«Men 2021 yil yanvarda Özbekistonga taşrif buyurişni rejalaştirganman. Öylaymanki, loyiha eksportlarimiz hajmini oşirişga xizmat qiladi», — deya qöşimça qilgan u.

Pokiston transport vaziri Azam Xon Svatiga köra, bölajak temiryöldan yölovçi va yuk taşiş maqsadlarida foydalaniladi. Avvalroq Pokiston 2,655 km uzunlikdagi temiryöl qurilişi orqali Xitoy bilan iqtisodiy yölak barpo etişga kirişgandi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida «Markaziy Osiyoni Hind okeani bilan boğlaydigan Trans-afğon transport yölagini barpo etiş borasida dastlabki amaliy qadamlar» taşlangani haqida aytgandi.

Özbekiston Respublikasining şu paytgaça Misrda favqulodda va muxtor elçisi bölib işlab kelgan Oybek Orifbekoviç Usmonov 2020 yil dekabrda Özbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi favqulodda va muxtor elçisi lavozimiga tayinlangan.

2018 yildan e'tiboran Pokiston boş vaziri lavozimida işlab kelayotgan Imron Xon 2020 yil yakunida ilk marta Afğonistonga taşrif buyurib, prezident Aşraf Ğani bilan muloqot