Joriy yilning 2 fevral kuni Toşkentda «Mozori Şarif-Kobul-Peşovar» temir yölini quriş loyihasini amalga oşiriş böyiça uç tomonlama işçi guruhining birinçi yiğilişi bölib ötdi, deb xabar bermoqda Investitsiya va taşqi savdo vazirligi axborot xizmati.
Yiğilişda xalqaro moliya institutlari vakillari ham sözga çiqib, loyihaning strategik ahamiyatini ta'kidlab, uni amalga oşiriş jarayonida hamkorlikda iştirok etişga tayyor ekanliklarini bildirişgan.
Şu bilan birga, loyihaoldi hujjatlarini yuqori sifatli qilib tayyorlaşni ta'minlaş va puxta ilmiy-iqtisodiy tahlil ötkaziş zarurligi qayd etilgan. Bu temir yöl yönalişining aksariyat qismi toğli hududlardan ötgani sababli loyiha murakkabligi bilan izohlangan.
Yiğilişda xalqaro moliyaviy taşkilotlardan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki vitse-prezidenti Konstantin Limitovskiy, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki vitse-prezidenti Alan Pillou, Islom taraqqiyot banki vitse-prezidenti Mansur Muxtor, Jahon bankining Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy direktori Liliya Burunçuk, Osiyo taraqqiyot banki departamenti Boş direktori Yevgeniy Jukov va Yevropa investitsiya banki prezidentining maslahatçisi Flaviya Palanzalor iştirok etgan.
Avvalroq, Pokiston boş vaziri Imron Xon Pokiston va Özbekiston örtasidagi Trans-afğon temir yöl qurilişi loyihasini tasdiqlagani, bu loyihaga xalqaro moliya taşkilotlaridan taşqi qarz söragani ma'lum qilingandi.
Pokiston boş vazirining savdo va investitsiya masalalari böyiça maslahatçisi Razzoq Dovudning ma'lumotlariga köra, Imron Xon 2020 yil 29 dekabrda loyihani işga tuşiriş maqsadida xalqaro taşkilotlardan qarz sörab, xat yöllagan.
Avvalroq, Investitsiya va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov «Mozori Şarif – Kobul – Peşovar» temir yöl loyihasini amalga oşiriş XXI asrda uç mamlakat uçun «yangi davr va eng muhim voqea» bölişini ta'kidlagandi.

















