«Albatta, jazoni ijro etiş tizimida ham koronavirus infeksiyasi qayd etildi. 2020 yil mart oyida yurtimizda koronavirus aniqlangan bölsa, biz SSV bilan bu borada işladik va 4 oy mobaynida kasallikni jazoni ijro etiş muassasalariga kirişiga yöl qöymadik” – deya IIV Jazoni ijro etiş boş boşqarmasi bölim boşliği, polkovnik Bahodir Yusupovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Uning aytişiça, jazoni ijro etiş muassasalarida ham koronavirus aniqlangaç, simptomsiz va yengil şaklida kasal bölgan mahkumlar tizimning özida davolangan. Oğir va örta oğir şakllari esa Soğlikni saqlaş vazirligi tasarrufidagi 4 ta karantin hududlariga yuborilgan.

«Şuni ta'kidlab ötiş kerakki, örta hisobda saqlanayotgan mahkumlarning 9 foizi kasal bölib ötdi. Lekin birorta ham ölim holatiga yöl qöyilmadi.

Öta oğir kasal bölgan Qaşqadaryo va Buxoro viloyatida saqlanayotgan 2 nafar mahkum Jinoyat kodeksining 75 moddasi va Jinoyat ijroiya kodeksining 165 moddasiga binoan vaqtidan avval ozod qilindi,” – dedi Bahodir Yusupov.

IIV mulozimi koronavirusga çalingan mahkumlarning aniq sonini keltirib ötmagan.

Avvalroq, Özbekiston qamoqxonalarida 27 ming 500 nafar mahkum jazoni ötayotgani, şuningdek, probatsiya bölinmalarida 57 ming 36 nafar şaxs nazoratda turgani ma'lum qilingan edi.