Kuni keça “Taraqqiyot strategiyasi” markazi Özbekiston prezidenti şu yil 3 fevralda imzolagan 2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturining töliq matnini öz sahifasiga joylaştirdi. Avvalroq uning xomaki şakli ma'lum muddat mobaynida hozirda kirilsa böm-böş sahifa namoyon bölayotgan 2021.strategy.uz saytida jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan edi.
E'lon qilingan dasturning 255- va 256-bandlarida “Xalqlar döstligi» kunini belgilaş haqida gap boradi. Çunonçi, 255-bandda 30 iyul – Xalqaro döstlik kunini yurtimizda “Xalqlar döstligi kuni” sifatida belgilaşni nazarda tutuvçi Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasini işlab çiqiş belgilangan. Tadbir ijrosiga mas'ul sifatida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan döstlik aloqalari qömitasi hamda Adliya vazirligi körsatilgan. Uning bajarilişi muddati esa 1 aprel etib belgilangan.
256-bandda yuqoridagi idoralar Taşqi işlar vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 30 iyulda “Döstlik haftaligi” va “Döstlik” xalqaro forum-festivalini ötkaziş maqsadida Özbekiston Respublikasining millatlararo totuvlikni mustahkamlaş sohasidagi obröyini yanada tarğib qiliş böyiça aniq tadbirlarni nazarda tutuvçi Vazirlar Mahkamasining farmoyişi loyihasini tayyorlaş vazifasi yuklatilib, uning sarf-xarajatlar smetasi uçun 6 mlrd. söm sarflanişi közda tutilgan.
Ma'lumki, “Xalqlar döstligi kunini” nişonlaş taşabbusini prezident Şavkat Mirziyoyev 2020 yil 29 dekabrda özining Oliy Majlisga Murojaatnomasida ilgari surgan edi. Öşanda, u “jamiyatda millatlararo totuvlik va bağrikenglik muhitini mustahkamlaşga qaratilgan işlarimizni sifat jihatdan yangi bosqiçga olib çiqamiz. Barçangizga ma'lumki, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining rezolyutsiyasi bilan har yili 30 iyul – Xalqaro döstlik kuni sifatida keng nişonlanadi. Şu bois uşbu sanani Özbekistonda “Xalqlar döstligi kuni” deb belgilaşni” taklif etgan edi.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 2021 yil 27 yanvar kungi navbatdagi majlisida deputatlar “Xalqlar döstligi kunini belgilaş töğrisida”gi qonun loyihasini körib çiqib, qabul qilgan edilar. Parlament veb sahifasida şu mavzu böyiça bölib ötgan majlis
















