Mazkur dastur Jahon bojxona taşkiloti tomonidan taşqi savdo sohasida rivojlanayotgan davlatlar faoliyatini xalqaro savdo sohasidagi standartlarga muvofiqlaştiriş hamda eksport, import va tijorat tovarlarining harakatlanişi sohasidagi tajribalarini oşirişga qaratilgan. Dasturni Şveytsariya Konfederatsiyasi moliyalaştiradi.

Jahon bojxona taşkiloti boş kotibi Kunio Mikuria 2019 yilning mart va noyabr oylarida Özbekistonga taşriflari davomida ötkazilgan muzokaralarda Savdoni soddalaştiriş global dasturiga a'zo böliş taklifini bildirgan edi.

Ma'lumot uçun, Özbekiston 2020 yilda taşqi savdo sohasida xalqaro darajada e'tirof etilgan hujjatlar – savdo tartib-taomillarini soddalaştiriş böyiça Kioto Konvensiyasi va vaqtinça olib kiriş böyiça Istanbul Konvensiyasiga qöşilgan.

Avvalroq, Özbekiston hukumati 2021 yilning 1 iyuniga qadar Yevropa Ittifoqi bozorlariga 3000ga yaqin mahsulotlarni bojxona tölovlarisiz, 3200 turdagi mahsulotlarni esa pasaytirilgan stavkalar böyiça eksport qiliş imkoniyatini beruvçi GSP+ tizimiga doir imtiyozlarni qöllaş böyiça dastur işlab çiqişi ma'lum qilingandi.

Şuningdek, Özbekistonda 5200ta yangi standartlarni joriy etiş, 1723ta milliy standartlarni va 12ta texnik reglamentni xalqaro talablarga muvofiqlaştiriş rejalaştirilmoqda.