2021 yil 25 fevral kuni «Auditorlik faoliyati töğrisida»gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Quyida yangi hujjatda keltirilgan ayrim muhim jihatlar haqida ma'lumot beriladi.
Yangi qonunning ahamiyati nimada?
Moliya vazirligi bölim boşliği Şarofiddin Haydarov «Özbekiston 24»ga bergan intervyusida mazkur qonunda közda tutilgan bir neça masalalarga töxtalib ötgan.
«Qonun bilan auditorlik faoliyatini faqat auditning xalqaro standartlari asosida amalga oşiriş belgilanmoqda. Bu Özbekistondagi auditorlik faoliyatimizning xalqaro amaliyotdagi, rivojlangan davlatlardagi audit faoliyati bilan bir xilligi ta'minlanişiga olib keladi, degani.
Mazkur qonun töğridan töğri amal qiladigan hujjat sifatida qabul qilindi. Demak, barça qonun osti hujjatlari, auditorlik sohasiga tegişli hujjatlar bitta tizimga tizimlaştirilib, yaxlit bir hujjat şaklida qonunda namoyon böldi», – dedi vazirlik vakili.
Auditorlik faoliyati böyiça Moliya vazirligi vakolatlari
Moliya vazirligi vakolatli organ sifatida normativ-huquqiy hujjatlarni işlab çiqadi. Auditorlarga malaka sertifikatini beradi. Ularning reyestrini yuritadi.
Respublika jamoat birlaşmalari bilan birgalikda auditorlar malaka oşirişining namunaviy dasturini tasdiqlaydi. Şu bilan birga, vazirlik auditorlik sohasidagi davlat siyosatini amalga oşiruvçi mas'ul idora sifatida faoliyat körsatadi.
Markaziy bank vakolatlari
Qonun bilan Özbekiston Markaziy bankining vakolatlari ham belgilangan. Unga köra, Markaziy bank banklarni va boşqa kredit taşkilotlarini auditorlik tekşiruvidan ötkazişning öziga xos xususiyatlarini belgilaydi.
Banklarning auditorlik tekşiruvlarini ötkaziş huquqi uçun auditorning malaka sertifikatini beriş tartibini belgilaydi va uni beradi.
Banklarning auditorlik tekşiruvlarini ötkaziş huquqi uçun malaka sertifikatiga ega bölgan auditorlarning reyestrini yuritadi va uni öz rasmiy veb-saytiga joylaştiradi.
Auditorlik tekşiruvlari
Qonunda auditorlik bilan şuğullanuvçi taşkilotlar auditorlik tekşiruvlari hamda turdoş xizmatlarni körsatişi mumkinligi belgilangan.

















