Tergovga qadar tekşiruv davomida uşbu tadbirkor muntazam ravişda noqonuniy yer oldi-sotdisi bilan şuğullanib kelgani aniqlangan.

Firibgar kelişilgan pulning 10 ming dollarini olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şuningdek, «Navoiy savdo» AJ rahbari mazkur jamiyatga tegişli 1 gektar yerni aksiyadorlarni xabardor qilmasdan noqonuniy ravişda 29,7 ming dollarga sotişga uringani aniqlandi. U Navoiy viloyati DXX boşqarmasi va Departament xodimlari tomonidan avans sifatida 50 million söm va 1,5 ming AQŞ dollarini olayotganida qölga olingan.

Özbek davlat yer tuziş ilmiy-loyihalaş instituti Andijon viloyati filiali xodimi şoliçilik bilan şuğullaniş uçun Qörğontepa tumani hokimligi zaxirasidan 8 gektar yerni yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali ajratib, tegişli hujjatlarni rasmiylaştirib beriş evaziga fuqarodan 10,4 ming dollar talab qilgan. U söralgan puldan 1000 dollarini olgan vaqtda DXX va Departament xodimlari tomonidan uşlangan.

Yuqoridagi holatlar yuzasida Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilgan bölib, tergov harakatlari doirasida mazkur noqonuniy holatlarga aloqador bölgan boşqa şaxslarni aniqlaş böyiça zarur çora-tadbirlar körilmoqda.

Avvalroq Andijonda öziga tegişli bölmagan 1 gektar yerni 45 ming dollarga sotmoqçi bölgan mansabdor uşlangani haqida xabar berilgandi.