Özbekiston Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, elçi vazirga işonç yorliqlari nusxasini topşirdi.
Vazir Yevropa ittifoqi delegatsiyasi rahbarini mazkur tayinlov bilan tabrikladi, unga Özbekiston va Yevroittifoq örtasidagi döstona munosabatlarni rivojlantiriş va mustahkamlaşda muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat davomida Özbekiston bilan Yevropa ittifoqi örtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi hamkorlik holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar Özbekiston va Yevroittifoq örtasida Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitim loyihasi böyiça muzokaralar jarayonini ijobiy baholadi.
Bölajak qöşma tadbirlar, jumladan «Özbekiston-Yevropa ittifoqi» hamkorlik kengaşining navbatdagi yiğilişi, «Yevropa ittifoqi - Markaziy Osiyo» siyosat va xavfsizlik masalalari böyiça yuqori darajadagi muloqoti navbatdagi davrasini ötkaziş jadvali, kun tartibi va taşkiliy masalalari körib çiqildi.
2021 yil mart oyi oxiriga qadar Özbekistonga «GSP+» maqomi berilişiga umid bildirildi, bu Özbekiston va YeI mamlakatlari örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni oşirişga yordam berişi aytiladi.
YeI bilan ta'lim sohasida, xususan, yangi «Erasmus» dasturi orqali yaqin hamkorlikni kengaytirişga qiziqiş bildirildi.
Ma'lumot uçun, Yevropa ittifoqining Özbekistondagi delegatsiyasi avvalgi rahbari Eduards Stiprays 2020 yilning iyul oyi oxirlarida mamlakatdagi missiyasini yakunlagandi.

















