Soliq maslahatçisi Abduğani Muhammadboyevga köra, «obnalçilar işi» yuzasidan tadbirkorlar soliq organining harakatiga qonuniy baho berilişini sörab sudga murojaat qilgan. Ekspertning ta'kidlaşiça, ÖzR Soliq kodeksiga muvofiq, soliq idorasi jarayon sudda körilayotganda ijroni töxtatib turişi kerak, ammo idora ijroni davom ettirmoqda.
Gap nimada?
Şu yilning fevral oyida boşlangan «obnalçilar» mojarosi atrofida bahs-munozaralar tinmayapti. Mustaqil ekspertlar, ijtimoiy tarmoqlar orqali qilayotgan çiqişlarida Davlat soliq qömitasi xatti-harakatlariga baho berişmoqda. Xususan, «M-Faktor» loyihasiga intervyu bergan soliq maslahatçisi Abduğani Muhammadboyev uşbu masala yuzasidan soliq idorasi harakatining qonuniy asoslariga töxtalib ötdi. Uning ta'kidlaşiça, 11 fevraldan davlat budjetiga tölanmagan QQS (qöşimça qiymat soliği-tahr.) summasini undiriş bilan boğliq «soliq qarzi» qayerdan paydo bölgani 10 mingga yaqin tadbirkorlik sub'yektlarini qiynamoqda.
«Holat 3 fevraldan boşlandi. 11 fevraldan tadbirkorlar soliq idorasi tomonidan tölanmagan QQS summasini tölaş böyiça talabnomalar ola boşlaşdi. Talabnoma ikki xil böladi. Birinçisi: soliq tekşiruvi natijasida soliq tölovçiga taqdim etiladigan talabnoma. Bu soliq hisobotlarida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etişga doir böladi. Ikkinçi turi yuzaga kelgan soliq qarzdorligini bartaraf etiş töğrisida.
Biz gapirayotgan holatda tadbirkorga soliq qarzini bartaraf etiş xususida talabnoma kelgan. Endi savol tuğiladi: soliq qarzi qayerdan paydo böldi? Soliq qarzi paydo bölişi uçun yo soliq tölovçining hisoboti natijasida tölanmay qolgan mablağ, keçroq tölagan bölsa penya, yoki soliq tekşiruvi jarayonida qandaydir qöşimça hisoblangan soliqlar, penyalar, jarimalar bölişi lozim. Şu ikkita holatdagina soliq qarzi paydo bölib qolişi mumkin», - deydi u.
Iş sudda köriladi
Muhammadboyevning sözlariga köra, tadbirkorlar soliq boşqarmasiga e'tiroz bildirgan taqdirda nizoli vaziyat sudda körilişi kerak.
«Soliq idorasi soliq tölamaslik xavfi katta bölgan yoki QQS tölovçisi degan guvohnomasi bekor qilingan sub'yektlar bilan aloqa qilgan soliq tölovçilarga hisobga olingan soliq summasini budjetga tölaşni talab qilmoqda. Bunda Soliq kodeksining 266-moddasiga murojaat qilinyapti. Soliq organida şunday huquq bor. Soliq kodeksining maxsus qismida QQS soliq organiga bu huquq berilgan bölsa, kodeksning umumiy qismida protsessual tartiblar belgilangan. Ya'ni, soliq organi murojaat qilayotgan 14-moddaga asosan soliq organi “közböyamaçilik uçun tuzilgan bitimlarni soliq hisoblaşda inobatga olmaslikka haqqim bor”, - demoqda. 14-moddaning tegişli qismida közböyamaçilik masalasi yoki soliq organi bitimni haqiqiy emas deb topsa-yu, soliq tölovçi e'tiroz bildirsa, bu masala faqat sudda hal etilişi belgilab qöyilgan», - deya ta'kidlaydi ekspert.











