Joriy yilning yanvar-fevral oylarida respublika taşqi savdo aylanmasi 4,5 milliard dollarga teng bölganligi ma'lum qilingandi. Ötgan yilning tegişli davriga qiyoslaganda eksport ham, import ham qisqarişda davom etmoqda.

Statqöm ma'lumotlariga köra, TSA tarkibida eksport 1 milliard 494,6 million dollar, import esa 3 milliard 25,1 million dollarni taşkil etib, taşqi savdoning salbiy saldosi 1,5 milliard dollardan oşib ketgan. Umuman olganda yanvar-fevral oylarida Özbekiston taşqi savdo aylanmasi 23,8 foizga kamaygan. Şundan mos ravişda eksport hajmida 43,2 foiz, import hajmida esa 8,3 foiz pasayiş qayd etilgan. Eksport hajmining bunday keskin kamayişini joriy yilning dastlabki ikki oyida umuman oltin eksport qilinmaganligi bilan izohlaş mumkin.

Ma'lumot uçun, 2020 yilning yanvar-dekabr oylari yakunlari böyiça respublika taşqi savdo aylanmasidagi eksport hajmining 38,3 foizini oltin egallagan.

Taşqi iqtisodiy faoliyat böyiça 20 ta yirik hamkor davlatlar orasidan 5ta davlat: Afğoniston (107,3 million dollar), Qirğiziston (64 million dollar), Tojikiston (45,7 million dollar), Kanada, (41,9 million dollar), Turkiya (26,1 million dollar), va Eron (6,9 million dollar) bilan faol taşqi savdo balansi kuzatilgan. Qolgan 14 ta davlatlar bilan passiv taşqi savdo balansi saqlanib qolgan.

Joriy yilning dastlabki ikki oyida respublika TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (20,1 foiz), Rossiya (18,7 foiz), Qozoğiston (13 foiz), Turkiya (8,9 foiz), Janubiy Koreya (3,9 foiz), Qirğiziston (2,6 foiz) va Afğoniston (2,4 foiz) bilan savdo aloqalarida qayd etilgan.

Bundan taşqari, 2021 yilning yanvar-fevral oylarida MDH mamlakatlari bilan savdo aloqalari sezilarli darajada ösib, umumiy TSAning 41,6 foizini taşkil etgan. Taqqoslaş uçun 2020 yilda bu körsatkiç 32 foizni taşkil etgandi.

2021 yilning yanvar-fevral oylarida Özbekiston eksportining tarkibi:

  • töqimaçilik mahsulotlari – 397,9 million dollar;
  • xizmatlar – 288,3 million dollar;
  • rangli metallar – 176 million dollar;