20 mart kuni Hampton by Hilton Tashkent Park Abdula Kodiri mehmonxonasining poydevoriga vaqt kapsulasini qöyiş marosimi bölib ötdi. Mehmonxona Toşkent markazidagi Abdulla Qodiriy boği içida quriladi.

Şahar hokimligi matbuot xizmati xabariga köra, loyihani ham investor, ham quruvçi sifatida Qozoğistonning BI Group kompaniyasi amalga oşiradi.

0,75 gektar maydonni egallaydigan loyihaga 100 milliard sömdan ortiq investitsiya kiritiladi.

Foto: Forbes.kz

«Mehmonxonadan 120 xona va biznes-markaz örin oladi. Loyiha joriy yilning may oyida boşlanib, 2022 yil iyun oyida foydalanişga topşiriladi», – deyiladi rasmiy relizda.

Quriliş uçun yer maydoni qanday şartlar asosida ajratilgani ma'lum qilinmagan.

Abdulla Qodiriy boğida boşlangan investitsiya loyihalari

2019 yilda Abdulla Qodiriy boğini keng miqyosda qayta ta'mirlaş haqida qaror çiqqan. Lex.uz bazasiga kiritilmagan qarorda 16,5 gektarlik boğ hududida 14 ta loyihani amalga oşiriş belgilangan.

Şahar hokimligi öşa yili boğni yangilaş uçun davlat budjetidan pul ajratilmasligini ma'lum qilgandi. Boğni obodonlaştiriş, u yerda yozuvçiga haykal qöyiş, kutubxona va ijod maktabi quriş kabilar investitsiya şarti sifatida belgilangan.

Bu yerdagi loyihalardan biri – Yaponiyaning H.I.S. Hotel Holdings Co. Ltd. kompaniyasi qurayotgan 4 yulduzli mehmonxona. 5 qavatli, 140 xonali otel qurilişi 13 mln dollarga baholangan. Özbekistondagi ilk yapon mehmonxonasi 2021 yil oxirida foydalanişga topşirilişi kutilmoqda.