Kompaniya buni uşbu avtomobil narxi bir neça yildan buyon özgarmay kelgani, bu vaqtda söm qadrsizlanib, pandemiya davrida logistika xarajatlari ortgani bilan izohladi.

«Ikkinçi avlod Chevrolet Malibu avtomobillari Özbekiston bozorida 2017 yil aprel oyidan paydo böldi. Har bir yangi Chevrolet Malibu rusumining narxi avtomobil modifikatsiyasidan kelib çiqib tasdiqlangan va şu vaqtga qadar biror marta narxi oşmagan.

Ikki litr xajmdagi turbomotorli Chevrolet Malibu LTZ Premier Facelift avtomobilining sönggi Premium versiyasi 2019 yil oktabr oyida sotuvga çiqarildi. Uşbu avtomobilning narxi 2021 yil mart oyigaça özgarmadi.

Dollar kursining ösişi (30 foizdan köproqqa), Koreya Respublikasi voni kursining dollarga nisbatan mustahkamlanişi (10-15 foiz), pandemiya va boşqa omillar natijasida logistika narxining dunyo miqyosida ösişi uşbu avtomobil rusumi narxining yangilanişiga asosiy sabablaridan böldi», – deyiladi UzAuto Motors axborotida.

Eslatib ötamiz, mart oyida Özbekistonda yangi avlod Chevrolet Equinox va Tracker avtomobillari sotuvga çiqdi.

Yanvar oyida «Özavtosanoat» yangi avloddagi Tracker'ning LT modifikatsiyasi narxi 222 mln söm bölişini ma'lum qilgandi, ammo yakunda bu model aytilganidan 10 million qimmat – 232 mln sömdan sotuvga çiqarildi.

Ötgan oy «Özavtosanoat» AJ raisi örinbosari Azizbek Şukurov UzAuto Motors kompaniyasi Spark va Nexia avtomobillarini zarariga işlab çiqarişi, bu zararni qimmat modellarni sotiş orqali qoplaşini aytgandi.