20 apreldan boşlab, Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rus tili filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjimonlik fakultetlari, magistratura bölimi, keçki ta'limning barça kurs talabalari va ÖzDJTU akademik litseyi öquvçilari 14 kunlik masofaviy ta'lim şakliga ötadi. Bu haqda universitet axborot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi.
Şuningdek, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ötgan hafta mobaynida ba'zi kam sonli talabalar orasida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Şu munosabat bilan kasallikning talaba va öqituvçilar orasida tarqalişining oldini oliş maqsadida universitetda öquv jarayonlari 14 kunga masofaviy şaklga ötkazildi.
Bundan taşqari, 19 apreldan Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ham karantin sabab masofaviy ta'limga ötdi.
Şu kundan e'tiboran Özbekiston Milliy universiteti va Toşkent tibbiyot akademiyasi talabalar yotoqxonalari 14 kunlik karantinga yopildi.
Avvalroq, TATU Samarqand filiali, Çirçiq davlat pedagogika institutidagi bitta fakultet onlayn ta'limga ötkazilgandi.














