Qaşqadaryo viloyati Koson tumanida yaşovçi fuqaro O‘.R. farzanlari ta'minoti uçun 62,5 million sömga yaqin mablağni tölab berdi. Bu haqida MIB Qaşqadaryo viloyat boşqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda yozilişiça, fuqarolik işlari böyiça Kasbi tumanlararo sudining 20 mart 2015 yildagi ajrimiga asosan, O‘.R.  G.B. foydasiga uç nafar voyaga yetmagan farzandlari ta'minoti uçun daromadining yarmi miqdorida aliment undiriş belgilangan.

Biroq, O‘.R. sud qarori çiqqandan buyon aliment pulini tölamasdan kelgan. Qarzdorlik 1 aprel sanasiga qadar 62 mln 481 ming sömni taşkil etgan. 

Joriy yilning aprel oyida MIB Koson tuman bölimi davlat ijroçilari tomonidan qarzdorning «Ford» rusumli avtotransport vositasi xatlab olingan hamda O‘.R.ga qarzdorlikni bartaraf etiş uçun ixtiyoriy muddat berilgan.

Şundan söng qarzdor berilgan ixtiyoriy muddat davomida jami hisoblangan 62 mln 481 ming söm qarzdorlikni bartaraf etdi.

Avvalroq, Qaşqadaryoda qarzdorligi tufayli 360 nafar şaxs va 324ta transport vositasiga qidiruv e'lon qilingani haqida xabar qilingandi. Topilgan fuqarolarning 96 nafari aliment böyiça qarzdor bölgan.

Çiroqçilik ota farzandi voyaga yetgunga qadar bölgan aliment pulini oldindan tölab berdi.

Şuningdek, Muboraklik otadan salkam 12 mln söm aliment undirilgan edi.